Физикавий кимё
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, fizikaviy kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va usullarini o'z ichiga oladi. Kitobda termodinamika, elektrokimyo, eritmalar, fazaviy muvozanat va statistik termodinamika kabi mavzular batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Fizikaviy kimyo fanining ta'rifi, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyoviy termodinamikaning asoslari.
- Ideal gaz qonunlari, holat tenglamalari va termik koeffisiyentlar: Gaz qonunlari (Boyl-Mariott, Gey-Lyussak, Sharl), sistemaning holati, termodinamik parametrlar, izojarayonlar.
- Issiqlik va ish: Harorat, bosim, ichki energiya, ish, intensive faktorlar, termometrik shkala, absolyut harorat va termometr.
- Entalpiya: Termodinamika birinchi qonuni, qaytar va qaytmas jarayonlar, izotermik, izoxorik va izobarik jarayonlar uchun ifodasi.
- Issiqlik sig'imi: Reaksiya issiqlik effektining haroratga bog'liqligi, Kirxgoff tenglamasi.
- Gazsimon moddalarning atom va molekulyar massalarini aniqlash: Avogadro qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar, massaning saqlanish qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni.
- Gazlarning nisbiy zichligi: Parstial bosimlar qonuni. Gazlar aralashmasining tarkibiy qismlari konstentrastiyasini turli xil ifodalash usullari
- Termodinamika haqida ma'lumot: Termodinamik sistema va atrof-muhit, termodinamik jarayonlar.
- Termokimyo. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar: Reaksiyaning issiqlik effekti, hosil bo'lish va yonish issiqlik effektlari.
- Termodinamika ikkinchi qonuni. Entropiya. Karno sikli: Termodinamika ikkinchi qonuni, entropiyaning matematik ifodasi, ayrim jarayonlarda entropiyaning o'zgarishi.
- Xarakteristik funksiyalar: Gibbs va Gelmgols energiyalari, kimyoviy potensial.
- Kimyoviy muvozanat: Massalar ta'siri qonuni. Kimyoviy reaksiyaning izoterma tenglamasi.
- Reaksiyaning izoxora va izobara tenglamalari: Kimyoviy muvozanat konstantasining haroratga bog'liqligi
- Statistik termodinamika muammolari: Entropiyaning statistik talqini. Bolsman taqsimoti.
- Chiziqli termodinamika: Aralashish entropiyasi. Ilgarilanma, tebranma, aylanma va elektron harakatlar holatlari bo'yicha yig'indilar.
- Fazaviy muvozanat: Geterogen sistemalar. Gibbsning fazalar qoidasi. Klapeyron-Klauzius tenglamasi
- Eritmalar: Eritmalar haqida umumiy tushunchalar, eritmalar tabiati va erish mexanizmi to'g'risida hozirgi zamon tasavvurlar
- Suyultirilgan eritmalarning kolligativ xossalari: Erituvchi to'yingan bug' bosimining pasayishi, eritmalar qaynash haroratining oshishi, muwash haroratining pasayishi