Ekologiya
Ushbu kitob "Elektrotexnika va elektronika asoslari" fanidan ma'ruzalar kursini o'z ichiga oladi. Unda elektr energiyasining hosil bo'lishi, elektr va magnit hodisalar, elektr qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, elektronika elementlari, elektr mashinalari, transformatorlar, elektrotexnika tizimlari kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Fanning tarixi va rivojlanish g'oyalari: Elektrotexnika fanining kelib chiqishi, maqsadi, vazifalari, O'zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, elektr energiyasi haqida ma'lumotlar (elektr zaryadi, maydoni, tok, potensial, qarshilik va h.k.) keltirilgan.
- O'zgaruvchan tok chiziqli elektr zanjirlari: O'zgaruvchan tok ta'rifi, elementlari, iste'molchilari, o'zgaruvchan tok manbaalari, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash, elektr zanjirlari va ularni hisoblash usullari, zanjirdagi elektr tokining ishi va quvvati kabi mavzular yoritilgan.
- Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjiri: O'zgaruvchan tok zanjirlari va elektrotexnik qurilmalar, sinuosoidal tok, aktiv, induktiv va sig'im qarshiliklar, elektr zanjirlarining ish rejimlari, sinuosoidal tok zanjirida aktiv, reaktiv va to'la quvvat haqida ma'lumotlar berilgan.
- Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari: Uch fazali o'zgaruvchan tok, uning afzalliklari va manbaalari, uch fazali zanjirlarda iste'molchilarni ulash usullari, simmetrik va nosimmetrik ish rejimlari, quvvat va uni o'lchash, neytral sim haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Elektr zanjirlaridagi o'tkinchi jarayonlar: O'tkinchi jarayonlar, ularning sodir bo'lishi, R, L elementlari ketma-ket ulangan o'zgarmas kuchlanish zanjiridagi o'tkinchi jarayonlar, R, C elementlari ketma-ket ulangan o'zgarmas kuchlanish zanjiridagi o'tkinchi jarayonlar, R, L elementlari sinuosoidal kuchlanishga ulanganda o'tkinchi jarayonlar ko'rib chiqilgan.
- Davriy nosinusoidal tok elektr zanjirlari: Nosinusoidal tok haqida umumiy tushuncha, nosinusoidal induktiv bog'lanishli zanjirlar, elektrik filtrlar (tuzilishi, turlari, ishlash prinsiplari) haqida ma'lumot berilgan.
- Nochiziqli elektr zanjirlar: Nochiziqli elektr zanjirlari va elementlarining volt-amper tavsifi, tok va kuchlanish stabilizatorlari, parametrik va Kompensatsion stabilizatorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Elektr o'lchashlar va elektr o'lchash asboblari: Noelektrik va elektrik kattaliklarni elektrik usulda o'lchash, elektr o'lchov asboblarini klassifikatsiyalanishi, o'lchash natijalarini taqqoslash va baholash, fizik kattaliklarni elektr usul bilan o'lchash va uning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
- Magnit zanjirlar: Elektromagnit qurilmalar va ularni qo'llanilishi, ferromagnit materiallar va ularni xossalari, yumshoq va qattiq magnit materiallar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Transformatorlar: Transformatorlarni vazifalari va qo'llanilish sohalari, bir fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi, transformatorlarning ish rejimlari, almashtirish sxemalari va vektor diogrammalari, quvvat isrofi va pasport ma'lumotlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- O'zgarmas va o'zgaruvchan tok elektromagnit qurilmalari: O'zgarmas va o'zgaruvchan tok manbalari, qurilmalari va ularning asosiy qismlari haqida so'z boradi
- Elektr mashinalari: Elektr mashinalarining turlari, tuzilishi, ishlash xususiyatlari va texnik ko'rsatkichlari haqida batafsil tushunchalar beriladi.
- Asinxron mashinalar: Asinxron mashinalarning afzalliklari, tuzilishi, ishlash prinsiplari, texnik ko'rsatkichlari va qo'llanilish sohalari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Sinxron mashinalar: Sinxron mashinalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va turlari haqida ma'lumotlar beriladi
- Elektronika asoslari: Elektronika haqida asosiy tushunchalar, elektronikaning asosiy elementlari, elektron asboblarning turlari, tranzistorlar va ularning xarakteristikalari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Elektr yuritma haqida umumiy tushunchalar: Elektrik yuritma, tarkibiy qismlari, klassifikatsiyasi, mexanik xarakteristikalari, ishlash rejimlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Korxonalarning elektr ta'minoti asoslari: Elektr energiyasining hosil qilinishi va tarqatilishi, iste'molchilarning elektr ta'minoti tizimi, nimstansiyalar, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Yoritilganlik va nur energiyasidan foydalanish: Yoritilganlik, nur energiyasi, optik nurlanish manbaalari, yoritish va nurlantirish qurilmalari, elektr bilan yoritish tizimi haqida ma'lumotlar berilgan.