Pеdаgоgik mаhоrаt
Mazkur kitob bo'lajak o'qituvchilar uchun pedagogik mahoratni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o'rganishga qaratilgan. Unda pedagogik faoliyat, muloqot, odob-axloq, nutq madaniyati, shaxsiy tajribani to'plash kabi muhim mavzularni qamrab olgan holda, o'qituvchining kasbiy shakllanishi va takomillashuviga oid bilimlar beriladi.
Asosiy mavzular
- Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatida tutgan oʻrni: Pedagogik mahoratning mohiyati, vazifalari, tarkibiy qismlari va egallash vositalari. Oʻqituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va jamiyatda tutgan oʻrni.
- Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida oʻqituvchi mahorati masalalari: Eng qadimgi davrlardan XII asrgacha oʻqituvchilik faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy qarashlar. Yunon faylasuflari asarlarida oʻqituvchining kasbiy mahorati haqidagi gʻoyalar. Yevropa olimlarining oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish toʻgʻrisida qarashlari.
- Oʻqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat: Qobiliyatning pedagogik-psixologik tasnifi, oʻqituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari va pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari.
- Oʻqituvchining kommunikativ qobiliyati: Oʻqituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bogʻliq xususiyatlari, pedagogik taʼsir koʻrsatish-kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida, oʻqituvchining kommunikativ qobiliyatida soʻz bilan ogʻzaki taʼsir oʻtkazish.
- Oʻqituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi: Taʼlimda turli xildagi muloqotni tashkil etish va unda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, sharqona tarbiya va uning muloqotga taʼsiri, muloqotga kirishda oʻzbek urf odatlari, udumlar, ular haqida rivoyat, afsona, hikmatlardan foydalanish va kasbda tatbiq etish usullari. pedagogik muloqot mohiyati va vazifalari.
- Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi muloqot: Pedagogik muloqotning oʻziga xos xususiyatlari va vazifasi. Oʻquv tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari. Oʻqituvchining oʻquvchi, oʻquvchilar jamoasi, oʻqituvchilar jasmoasi, maktab rahbariyati, ota-onalar bilan muloqot madaniyati. muloqotda ishontirish, taʼsir etish usullaridan foydalanish.
- Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq: Oʻqituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha, oʻqituvchining pedagogik nazokati vazifalari, pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. darsda pedagogik nazokat. nazokat va taktika. pedagogik nazokatni egallash shart-sharoitlari.
- Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari, pedagogning perseptiv (oʻquvchi, talabalarni tushunish) xatolari, pedagogning oʻquvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan boʻladigan kelishmovchiliklarni va ularni bartaraf etishning oʻziga xos xususiyatlari.
- Nutq texnikasi va madaniyati: Til va nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni. til va nutq madaniyati haqida buyuk mutafakkirlar va pedagoglarning fikrlari. pedagogik nutq va uning shakllari. pedagogik nutqning funksiyalari va xususiyatlari. nutq texnikasi, nafas olish, talaffuz.
- O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati: Oʻquvchilarning bilish, anglash faoliyatini boshqarishda oʻqituvchi mahorati, darsga oʻquvchilar diqqati, qiziqishni uygʻotish va faolligini oshirishda oʻqituvchi tutadigan yoʻl va koʻrgazmalardan foydalanish. oʻquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda oʻqituvchi mahorati. oʻquvchilar bilim malakalarini tekshirish va baholashdagi oʻqituvchi mahorati.
- Shaxsiy pedagogik tajribani to'plash tizimi: Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. pedagogik taʼsir koʻrsatish mahorati. pedagogik faoliyatda maqsadning qoʻyilishi, uning izchilligi. pedagogik faoliyatni rejalashtirish.