“Sali haqiqati” va uning franklar hayotidagi o`rni

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Sali haqiqati" va franklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, qonunlar to‘plami, urug‘chilik tuzumi qoldiqlari, jinoyat turlari va ularning jazolari, feodal munosabatlarining shakllanishi, dehqonlarning ahvoli, yer egaligi, mulkchilik, iqtisodiy va maishiy turmush tarzini yoritishga harakat qilingan. Shuningdek, “Sali haqiqati”ni yoritilishi davr manbalarida qanday bo'lganligi va ularning ahamiyati haqida fikr yuritilib yoshlarga, umuman, talabalarga ta'lim-tarbiya berishda o`quv qo`llanma sifatida foydalanishni asosiy maqsad qilib qo`yilgan.

Asosiy mavzular

  • Franklarda feodal munosabatlarning shakllanishi: Franklarning Reyn daryosi bo‘ylarida yashashi, urug‘chilik tuzumi, qabila yo‘lboshchilari, Rim-gallar bilan munosabatlari, tashqi ko‘rinishi, G‘arbiy Rim imperiyasining inqirozi, Xlodvigning hokimiyatga kelishi, Franklar davlatiga asos solishi, xristianlikni qabul qilishi va uning ahamiyati, Franklarning istilo qilgan hududlarida rimlik quldorlarning saroylari, qullar va kolonlar, qirollarning yerlar taqdim etishi, benifitsiylar, feodallar toifasining vujudga kelishi, qaram dehqonlar, qirollar hokimiyatining kuchayishi, yerlarning mulkka aylanishi.
  • "Sali haqiqati"da franklar ijtimoiy tuzumining aks ettirilishi: "Sali haqiqati"ning ahamiyati, unda franklarning qadimgi huquqlari, odatlari va qirolning sud qonunlari ifodalanishi, qabilalar taraqqiyotidagi xususiyatlar, sinfiy jamiyat va davlatga o‘tishi, urug‘chilik tuzumining yemirila boshlaganligi, mulkiy tengsizlik, frank jamoalaridan farq qilgan holda qirolga yaqin turgan zodagon shaxslarning ahvoli, yer egaligining o‘sishi, jamoa-markaning mavjudligi, xususiy mulkchilik, dehqonchilik va xo`jalikning boshqa tarmoqlarining holati, erkin jamoa dehqonlari krepostnoy dehqonlarga aylanishi, immigratsiya masalalari, yerga jamoa egaligi.
  • "Sali haqiqati"da franklar hayotida jinoiy javobgarlik haqidagi ma'lumotlar: Franklarning turmushi va hayotining barcha tomonlari, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, qarindoshchilikning ahamiyati, beva ayolning turmushga chiqishi, kafolat berish, vergeldning to'lanishi, urug' munosabatlarining yemirilishi, badavlatlarning kambag'al qarindoshlariga jarima to'lamaslikka harakat qilishi, qarindoshlikdan voz kechish tartibi, sudga chaqirish va uning tartibi, o‘g‘irlik turlari, ularning o'ziga xosliklari, moddiy javobgarlik masalalari, insonning jamiyatdagi o‘rni, tabaqalar o‘rtasidagi farqlar, qul o‘g‘irlash, bosqinchilik va talonchilik uchun jazolar, haqorat qilish, qullarni o‘ldirish yoki o‘g‘irlash haqidagi ma’lumotlar.
  • "Sali haqiqati"da franklar maishiy turmushining tasvirlanishi: Dehqonchilik va xo`jalikning boshqa tarmoqlarining holati, dehqonchilik ishlarini yaxshilash, yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish qurollari, suv va o`rmon yaylovlardan foydalanish, turmush tarzi va darajasi, “Pomestelar haqida kapitulyariy”sini o`rganish, xo’jalikni boshqarish, qaram dehqonlar, boshqaruvchilar,tokzorlar,saroy,o'lchov va taqinchoqlar xaqidagi ma'lumotlar