Tasviriy san`atdan boshlang`ich tavsiyalar

Kitobda qalam tasvir fanidan boshlang'ich tavsiyalar berilgan. Unda tasviriy san'atning asosiy qonun-qoidalari, perspektiva, yorug'-soya, tasviriy san'at turlari va janrlari, inson va hayvonlarning hatti-harakatlari kabi mavzular yoritilgan. Kitob talabalarga, o'qituvchilarga va rasm chizishga qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Perspektiva qonuni: Buyumlarni tekislikda haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo`lmasin, perspektiva qonun va qoidalariga bo`ysunadi.
  • Tasviriy san`at tur va janrlari: Tasviriy san`at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, xalqlar tarixini o`rgatishga xizmat qiladi. Tasviriy san`atning paydo bo`lishi ibtdoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqealarni, odam va hayvonlarning tasvirini toshlarga chizib, ularni kesib turli ko`rinish va mazmundaga haykallarni yasaganlar.
  • Rangtasvir: Tekis yuzada rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo`yoqlar - moyli bo`yoq, akvarel, guash, tempera, shuningdek, rangli qalamlar, ko`mir, qalam, pastel, sous, sangana kabi badiiy materiallar bilan ishlash harakterlidir.
  • Haykaltaroshlik: Haykaltaroshlik kabi hayotiy voqea va hodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi hamda materiallar yordamida ifodalaydi. Haykal taroshlikda tosh, metal, ganch, vosk (mum), sim kabi materiallar keng qo`llaniladi.
  • Grafika: Lotincha so`z bo`lib, yozaman, chizaman degan ma`noni bildiradi va tasviriy san'atning turlaridan biri hisoblanadi.
  • Manzara janri: Tasviriy sa`natda tabiat, shahar, industrial-sanoat, interer ko`rinishlarining tasvirlanishi manzara janriga ta`luqlidir.
  • Natyurmort janri: So`zi fransuzcha bo`lib jonsiz narsalar (natura) ma`nosini anglatadi. Tasviriy san'atning bu janrida gullar, mevalar va sabza- votlar, quyonlar, baliqlar, oziq-ovqatlar, turli predmetlar aks ettiriladi.
  • Maishiy janr: Bu janrdagi asarlar kishilarning maishiy turmush tarzi, mehnati, kundalik hayoti bilan bog`liq bo`lib, ularda ko`proq oila, maktab, dam olish, shaxsiy va ijtimoiy hayot jarayonlari aks ettiriladi.
  • Portret janri: Fransuzcha portrait so`zilan olingan bo`lib, kishilar-ning chehrasidagi xuddi o`ziga o`xshatib tasvirlash ma`nosini bildiradi.