Технологик физик-кимёвий назорат

Ushbu kitob don mahsulotlari va ularni qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish bo'yicha ma'lumot beradi. Unda donni qabul qilishdan tortib to tayyor mahsulotni saqlash va jo'natishgacha bo'lgan barcha bosqichlardagi fizik-kimyoviy nazorat usullari, laboratoriya tahlillari va ularning ahamiyati yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Texno-kimyoviy nazorat bo'limi (TKNBo'limi)ning vazifalari: Ushbu bo'limning vazifalari, tashkil etilishi, rivojlanish tarixi,don va don mahsulotlariga qo'yiladigan talablar, shuningdek, nazorat grafiklari keltirilgan.
  • Texnologik nazorat asoslari: Texnologik jarayonlarni, donlarni qayta ishlash usullari, sifati va namligini baholash mezonlari, tozalash va quritish jarayonlarining mohiyati bayon etilgan.
  • Qayta ishlash korxonalarida laboratoriya tashkil etish: Ishlab chiqarish texnologik laboratoriyalari (IChTL) ning vazifalari va tuzilishi, xodimlarning burchelari, xonalarga qo'yiladigan talablar, havfsizlik texnikasi kabi masalalarga oid.
  • Urug'liklarni qayta ishlashda nazorat: Urug'lik donlarini qayta ishlash jarayonida texnologik jarayon va talablar, nazorat usullari va uskunalarining ishlash tamoyillari haqida ma'lumot berilgan.
  • Un korxonalarida texno-kimyoviy nazorat: Un ishlab chiqarish texnologiyasi, jarayonlar va ularni nazorat qilish usullari, un sifatini baholash, talablar va saqlash sharoitlari muhokama qilingan.
  • Yorma korxonalarida texno-kimyoviy nazorat: Yorma ishlab chiqarish texnologiyasi, jarayonlar va ularni nazorat qilish usullari, yorma sifatini baholash, talablar va saqlash sharoitlari muhokama qilingan.
  • Omixta yem korxonalarida texno-kimyoviy nazorat: Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi, jarayonlar va ularni nazorat qilish usullari, yem xom ashyosini baholash, talablar va saqlash sharoitlari muhokama qilingan.