Elastomerlar strukturasi va kimyosi
Ushbu kitob "Elastomerlar strukturasi va kimyosi" fanidan ma'ruzalar matnidir. Unda elastomerlarning strukturasi, xossalari, kauchuklar va ingredientlar, vulkanizatsiya jarayoni kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Tabiiy va sintetik kauchuklar, ularning turlari, strukturadagi ahamiyati, vulkanlovchi agentlar va ularning roli, kompozitsiyalarning xossalari, molekulyar tuzilishi, zanjirning mikrostrukturasi, fizikaviy holati, mexanik kuchlar ta'siri, plastikatsiya, to'ldirgichlar va boshqa muhim jihatlar batafsil yoritilgan. Kitob talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Tabiiy va sintetik kauchuklar: Tabiiy kauchuklarning turlari va ularning strukturadagi ahamiyati, sintetik kauchuklarning turlari va ularning strukturadagi ahamiyati, vulkanlovchi agentlarning turlari va struktura hosil qilishda roli.
- Elastomer kompozitsiyalarida struktura hosil kilish manbalari va ularning xosssalari: Rezina koʻp komponentli sistema, uni tayyorlash va buyum olish ancha murakkab va koʻp energiya talab qiladigan jarayonlar qatoriga kiradi. Rezina tayyorlash uchun yuqori molekulali polimerlar qoʻllaniladi.
- Elastomerlarning molekulyar strukturasi va makroskopik xossalari: Elastomerlarni molekulyar tuzilishi asosi, polimerlar zanjirining mikrostrukturasi, elastomerlarni fizikaviy holati va xossalari.
- Elastomer strukturasi tuzilishi va xossalari oʻrtasidagi bogʻliqlik: Eritmada polimerlash usuli bilan olingan kauchukning molekulyar strukturasi, polimerlarning litiy organik birikmalar taʼsirida olinishi, karbozanjirli elastomerlar va ularni olish xom-ashyolari, geterozanjirli elastomerlar.
- Vulkanizatsiya – rezinaning strukturalanish jarayoni. Vulkanizatsiyaning umumiy qonuniyatlari: Vulkanizatsiya – rezinaning strukturalanish jarayoni, Vulkanizatsiyaning umumiy qonuniyatlari
- Kuchlantiruvchi toʻldirgichlar. Elastomerlar va toʻldirgichlarning oʻzaro bog'lanishi: Kuchlantirish haqida tushunchalar, toʻldirilgan kauchuklarda yuza energiyasi taqsimoti, to'ldirgichlarning fizikaviy adsorbsiyasi, qurum (saja) va mineral toʻldirgichlarni yuzasi kimyosi.
- Rezina xossalariga mexanik kuchlar va ingrediyentlarning ta'siri: Rezinaning mexanik xossalari, kauchuklarni plastikatsiya qilish mexanizmi, plastikatsiya qilish texnologik usullari, plastifikatorlar (yumshatgichlar) ning rezina aralashmasi va vulkanlanish xossasiga ta'siri