Institutsional iqtisodiyot fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi

Ushbu uslubiy qo'llanma iqtisodiyot sohasida ta'lim olayotgan talabalarga Institusional iqtisodiyot fanidan bilimlarini shakllantirish bo'yicha asosiy holatlar va ko'rsatmalarni yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim texnologiyalari asosida ushbu sohaga tatbiq etish yo'llarini ifoda etadi. Qo'llanmada fanning maqsadi, ahamiyati va vazifalari, talabalarning fan bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yilgan talablar, nazariy, amaliy va mustaqil ish mashg'ulotlari hajmi va mazmuni, kurs ishlari mavzusi, metodik tavsiyalar, taqvimiy mavzuiy rejalar, o'quv-uslubiy adabiyotlar va baholash mezonlari qamrab olingan.

Asosiy mavzular

  • Institusional iqtisodiy nazariya va uning hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarida tutgan o'rni: Institut tushunchasi, institusionalizmning shakllanishi va rivojlanishi, asosiy xususiyatlari, yangi klassikaga oid iqtisodiy nazariya. Eski va yangi institutsionalizmning asosiy oqimlari. Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari.
  • Me'yor va institutlar: Me'yor tarifi, me'yor rasional tanlov natijasi sifatida. Kelishuvlar va ularning turlari. Institutlar va ularning iqtisodiyotdagi funksiyalari. Institutlar tizimi. Institutlar va individlar o'zaro xarakatlari.
  • O'yinlar nazariyasi va o'zaro harakatlarni modellashtirish: O'yinlar nazariyasining asosiy tushunchalari. Ustuvor strategiyalar. Neshu, Shtakelbberg va Pareto bo'yicha muvozanat turlari. O'zaro xarakatlar modellari klassifikasiyasi. Takrorlanuvchi o'yinlar va ularning mohiyati, modellari.
  • Reja va bozor institutlari: Reja instituti va uning asosiy qonuni (konstitusiyasi). Rejali iqtisodiyot faoliyat ko'rsatishi va uning me'yorlari. Bozor konstitusiyasi. Oddiy va murakkab utilitarizm tushunchalari. Axborotlar assimetriyasi va uni bozor sharoitida namoyon bo'lishi. Sotuvchi bilan xaridor o'rtasidagi ishonch va erkinlik kategoriyalari.
  • Transaksiya va transaksion xarajatlari: Transaksiyalar tushunchasi va uning ahamiyati. Mulkdorlar o'rtasida mulkchilik huquqini taqsimlanishi. Kouza teoremasi va uning isboti. Transaksion xarajatlar tushunchasi, kelib chiqish shartlari va ahamiyati. Transaksiya xarajatlari turlari va ularni kamaytirish vositalari. Transaksion xarajatlar klassifikasiyasi va ular ko'rsatkichlarini hisoblash yo'llari.
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi samaralar va mulkchilikning muqobil shakllari: Tashqi samaralar ta'rifi va uning klassifikasiyasi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi samara konsepsiyasini rivojlantirish. Mulkchilik tushunchasiga berilgan ta'riflarga yondashuvlar tahlili. Mulkchilik shakllarining tasniflanish belgilari. Mulkchilik instituti rivojlanishining Yevropa va Osiyo mamlakatlarida tarkib topgan yo'llari. Mulkchilik munosabatlarida mulkka egalik qilish rolini o'zgarishi. Mulk shakllarining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlari.
  • Xufyona iqtisodiyot: Xufyona faoliyatning kelib chiqishi sabablari, maqsadlari va amal qilish sohalari. Xufyona iqtisodiyot tarkibi. Xufyona iqtisodiyot ko'lamini baholashga yondashuvlar va ularning ko'rsatkchilari. Xufyona faoliyat olib borish uchun qilinadigan xarajatlar va ularning tulari. Xufyona iqtisodiyot bozori va uning faoliyat yuritishining oqibatlari.
  • Institutlarning rivojlanishi: Institutlar faoliyatining rasmiy va norasmiy qoidalari. Favqulotda yuzaga keluvchi qoidalar. Institutlar rivojlanishining evolyusion variantining mohiyati va ahamiyati. Institutlarni import qilish – ular rivojining revolyusion varianti. Institusional rivojlanishning ikki ssenariysi va uning o'ziga xos xususiyatlari.
  • Mamlakatni modernizasiya qilish sharoitida institusional islohotlar: Modernizasiya qilishning bosh maqsadi, vazifalari va huquqiy asoslari. Institusional o'zgarishlar va iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish. Islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish.. Qishloq xo'jaligini isloh qilish va yangi agrar munosabatlarni takomillashtirish. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O'zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo'shilishi.
  • Shartnoma (kontrakt) nazariyasi: Shartnoma tushunchasi va uni bozor iqtisodiyotdagi roli. Yollash shartnomasi. Sotish shartnomasi. Shartnomalar tarkibi va ularning asosiy shartlari. «Prinsipial» va «Agent» tushunchasi. Shartnoma doirasida «buyurtmachi» va «bajaruvchi» munosabatlari va ular o'rtasidagi chegaralar.
  • Bozor va firma institutlari: Bozor va uning o'ziga xos tomonlari. Bozordagi o'zaro almashinuv tiplari. Firma va uning turlari. Firmaning ichki tuzilmasi. «Prinsipial» va «Agent» muammolari. Unitar, xolding, multidivizional va aralash tuzilmalar. Vertikal va gorizontal integrasiya konsepsiyalari. Firmalar faoliyatining ichki va tashqi ishtirokchilari. Zamonaviy firmalar va ularning funksiyalari.
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida korporativ tuzilmalar va ular rivojlanishi istiqbollari: Zamonaviy korporasiyalar tashkiliy-huquqiy shakllarining o'ziga xos xususiyatlari. Korporasiyalar ustunliklari. Integrasiyalashgan korporativ tuzilmalar va ularning guruhlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O'zbekistonda shakllangan korporativ tuzilmalar va ularning rivojlanish istiqbollari.
  • Tashkiliy tuzilmalar tahlili: Tashkiliy tuzilmalarni tahlil qilishning mohiyati va vazifalari. Firma balansi – uning tuzilmasi haqidagi axborot manbai sifatida. Firma ichidagi kelishmovchiliklar va ularni hal etish yo'llari. Firmaning tashkiliy-huquqiy shakli - uning strategiyasini belgilovchi omil sifatida.
  • Davlatning yangi institusional nazariyasi: Davlatning tashkilot sifatida funksiyalari va vazifalari. Davlatning mulk munosabatlaridagi roli, davlat va xususiy mulk chegaralari. Davlatlar tiplari va ular faoliyat yuritishining o'ziga xos jihatlari. Davlat byudjeti tarkibi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni baholash ko'rsatkichlari.
  • Uy xo'jaliklari va uning turlari: Uy xo'jaligi ta'rifi, uning o'ziga xos xususiyatlari. Uy xo'jaligi turlari va uning oila bilan o'zaro bog'liqligi. Uy xo'jaligi turli shakldagi iqtisodiyot davrlarida faoliyat yuritishi va uning funksiyalari. Dehqon xo'jaliklari uy xo'jaligining tarkibiy qismi sifatida.
  • Rivojlanishning institusional nazariyasi va innovasiya turlari: Rivojlanish nazariyasining neoklassik varianti. Dj.M.Keynsning rivojlanish konsepsiyasi va iqtisodiy dinamikaning neokeynsian nazariyasi. Innovasiyalarni klasslarga ajratish. Innovasiya ishtirokchilarining taqqoslama tahlili. Institusional va tashkiliy innovasiyalar ustunligi.