Konstitutsiya olamiga sayohat
Ushbu kitob umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat ramzlari haqida sodda va tushunarli ma'lumot beradi. Kitobda Konstitutsiyaning mohiyati, tuzilishi, ahamiyati, shuningdek, inson huquqlari, davlat boshqaruvi, fuqarolik kabi tushunchalar yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) haqida ma'lumotlar, ularning ma'nolari va ahamiyati ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Konstitutsiya: Konstitutsiya - davlatning Asosiy qonuni, uning tuzilishi, boshqaruv shakli, fuqarolarning huquq va burchlari belgilangan hujjat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiya barcha qonunlar va me'yoriy hujjatlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartirishlar haqida qisqacha malumotlar keltirilgan
- Davlat va shaxs: Davlat - umumiy ishlarni hal etish uchun butun jamiyatni uyushtirishdir. Jamiyat - mushtarak tarix, madaniyat, taqdir bilan oʻzaro bog'langan bir mamlakatda yashovchi odamlar. Davlatning vazifalari, davlat organlarining vazifalari, demokratiya va boshqaruv tizimi, aholining davlat boshqaruvida ishtiroki haqida tushunchalar berilgan.
- Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari: Davlat ramzlari - davlatning o'ziga xosligini ifodalovchi belgilar. O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari: bayroq, gerb va madhiya. Bayroq - davlatning rasmiy farqlovchi belgisi. Gerb - davlatning tarixiy an'analarini ifodalovchi ramziy tasvir. Madhiya - millatni birlashishga da'vat etuvchi tantanavor qoʻshiqdir.
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi: Fuqarolik - shaxsning davlat bilan huquqiy aloqasi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilangan huquq va burchlarga ega boʻlgan shaxs. Fuqarolikka ega bo'lish tartibi, fuqarolarning huquq va burchlari, fuqaroligi yo'q shaxslar haqida malumotlar berilgan.
- Konstitutsiya va inson huquqlari: Inson huquqlari - har bir shaxsga tegishli boʻlgan ajralmas huquqlar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlarini kafolatlaydi. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya, inson huquqlarini buzilish hollari haqida malumotlar berilgan.