Elektr yuritma

Ushbu kitob elektr yuritmalari faniga oid bo'lib, unda elektr motorlarini tanlash, ularning isish va yuklanish darajasini tekshirish, qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarning mexanik xarakteristikasini hisoblash va qurish, ishga tushish vaqtini aniqlash, hamda avtomatik boshqarish sxemalarini tuzish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob qishloq xo'jaligi elektrlashtirish va avtomatlashtirish bakalavriyat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Elektr motorni tanlash: Elektr yuritma qismlari, elektr motorining texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlari, quvvatni aniqlash masalalari, elektr yuritma sistemasini tanlash, quvvatni hisoblash usullari, yuk diagrammasini tahlil qilish va ekvivalent quvvatni aniqlash.
  • Elektr motorning isishi va yuklanish darajasini tekshirish: Elektr motorning isishi bo'yicha tekshirish, quvvat isrofini hisoblash, f.i.k.ni hisoblash, motorning yuklanish darajasini tekshirish.
  • Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning mexanik xarakteristikasini hisoblash, koʻrish va ishga tushish vaqtini aniqlash: Mexanik xarakteristikalarni aniqlash nuqtalari, aylanish momentini hisoblash formulasi, oraliq sirpanishlarni hisoblash, aylanish tezligini aniqlash, xarakteristikalarni jadvalga kiritish, ishga tushish vaqtini proportsiya usulida aniqlash.
  • Eletr yuritmani mexanik, dinamik va vaqt grafigi: Harakat tenglamasi, vaqt oralig'ida ayirmani aniqlash, inertsiya momentini hisoblash, grafik asosida tezlikning vaqtga bog'lanishini aniqlash, dinamik moment egri chizig'ini tuzish, to'la ishga tushish vaqtini topish.
  • Elektr yuritmani avtomatik boshqarishning elektr sxemasi: Elektrik sxemalar va uning qisqacha bayoni