Агрономия ва ем-хашак етиштириш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Agronomiya va em-xashak yetishtirish" fanidan o'quv qo'llanma bo'lib, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma qishloq xo'jaligi ekinlarining hayot omillaridan tortib, tuproq melioratsiyasi, o'g'itlar, almashlab ekish, ozuqa turlari va ularni sifat ko'rsatkichlari, yem-xashak o'tlari, yaylov va pichanzorlarni tashkil etish texnologiyalari kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Kitobda amaliy mashg'ulotlar uchun topshiriqlar ham berilgan.
Asosiy mavzular
- Agronomiya asoslari: Qishloq xo'jaligi ekinlarining hayot omillari, tuproq va uning unumdorligi, o'simlik zararkunandalari, almashlab ekish, o'g'itlar va ularning qo'llanilishi, yerga ishlov berish, urug'lik va uni ekish, tuproq melioratsiyasi.
- Em-xashak yetishtirish: Ozuqa turlari va sifat ko'rsatkichlari, xashaki donli va don-dukkakli ekinlar, shirali ozuqa olinadigan xashaki tugunakmevalilar, ildizmevalilar, poliz va silosbop ekinlar, yem-xashak o'tlar, yaylov va pichanzorlar, yashil konveyer, ozuqalardan ko'k o't tayyorlash texnologiyasi, silos va senaj tayyorlash, omuxta em tayyorlash texnologiyasi.