Xududlarda funktsional boshqaruv organlarining xususuyatlari

Ushbu bitiruv malakaviy ishida hududlarni iqtisodiy rivojlantirishda funksional boshqaruv organlarining roli, tashkil etishning nazariy asoslari, faoliyatini takomillashtirish masalalari Denov tumani misolida tahlil qilingan. Ishda boshqaruv organlarining vazifalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy islohotlar sharoitida funksional boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish yo'llari ko'rib chiqilgan. Ishning asosiy maqsadi boshqaruv organlarining funksional vazifalari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat bo'lib, uning vazifalariga nazariy jihatlarni o'rganish, mahalliy va hududiy boshqaruv organlarining faoliyatini tahlil qilish, Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligining boshqaruv jarayonini o'rganish va mamlakatimiz boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish kiradi.

Asosiy mavzular

  • Hududlarda funksional boshqaruv organlarini tashkil etishning nazariy asoslari: Hududiy boshqaruv tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasida mahalliy va hududiy boshqaruv organlari roli, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida boshqaruv organlarining funksional vazifalarini o'ziga xos xususiyatlari.
  • Funksional boshqaruv organlari faoliyatining hozirgi holati tahlili (Denov tumani hokimiyati misolida): Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligining boshqaruv tashkiliy tuzilmasi va funksional vazifalari tahlili, Surxondaryo viloyati Denov tumanining ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlari tahlili, Surxondaryo viloyati Denov tumanida 2015 yil davomida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilgan ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar tahlili.
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitda funksional boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish: Funksional boshqaruv organlar faoliyatining samarali boshqarishda tashkiliy tuzilmalarni rivojlantirish usullari, boshqaruv organlari faoliyatida tashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirishning o'ziga xos xususiyatlari.