Динамик объектларни бошқариш системаларида ростлагичларни параметрик синтезлаш алгоритмлари
Ushbu kitob dinamik ob'ektlarni boshqarish sistemalarini sintez qilish masalalarini o'rganadi. Kitobda adaptiv boshqaruv algoritmlariga qo'yiladigan talablar, ularni turli dinamik ob'ektlar va sistemalar uchun amaliyotga tadbiq etish, hisoblash sxemalarini sintez qilishning zarurligi ko'rsatilgan. Shuningdek, unda su'gorish kanallarida uzluksiz texnologik jarayonlarda diskret rostlagichlarni parametrik sintezlash masalalari ham ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Dinamik ob'ektlarni boshqarish sistemasining sintezlash masalasi va algoritmlari: Ushbu bo'limda adaptiv sistemalar nazariyasi, boshqaruv sistemalarini qurishning asosiy yondashuvlari va usullari, identifikatsiya va boshqaruv usullari va algoritmlari hamda masalaning qo'yilishi va ishning maqsadi ko'rib chiqiladi.
- Dinamik ob'ektlarni boshqarish sistemalarida rostlagichlarni parametrik sintezlash algoritmlari: Bu bo'lim dinamik ob'ektlarning strukturalari va modellari, boshqaruv sistemalarini sintezlashning tipik algoritmlari, rostlagich sintezi, parametrlarini sozlash algoritmlari, to'liq tartibli kuzatish asosida rostlagich qurish, holat filtrini qo'llagan holda rostlagich qurish va rostlagichning sozlash parametrlarini baholash algoritmlariga bag'ishlangan.
- Ro'stlagichning sozlash parametrlarini baholash algoritmlari: Bu bo'limda rostlagichga qo'yiladigan talablar, dinamik ob'ektlarni boshqarish sistemalarini tekshirishda adaptiv algoritmlarga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqilgan.
- Diskret PID rostlagichining parametrik sintezi: Suv tarqatish sistemasida diskret PID rostlagichini qo'llash, kanallarda suv sarfini rostlash algoritmi keltirilgan.