Касбий педагогика
Ushbu kitob kasb-hunar ta'limi sohasidagi dolzarb muammolarni va ularni yechish metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda kasbiy pedagogikaning nazariy asoslari, ta'lim jarayonini tashkil etish shakllari, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, kasbiy ta'limning qonuniyatlari va tamoyillari, hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kasbiy pedagogika fan sifatida: Kasbiy pedagogikaning maqsad va vazifalari, uzluksiz ta'lim tizimidagi roli, boshqa fanlar bilan aloqasi.
- Kasb ta'limining shakllanish bosqichlari: Insoniyat rivojlanishi tarixida kasbiy ta'lim, Yevropa olimlarining asarlari, O'rta Osiyo mutafakkirlarining kasbiy ta'lim haqidagi qarashlari.
- Kasb-hunar ta'limining rivojlanish bosqichlari: O'zbekistonda kasb-hunar ta'limining tarixi, rivojlanish davrlari, shakllanishi va takomillashuvi.
- Uzluksiz ta'lim tizimida kasb-hunar ta'limiga qo'yiladigan talablar: Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining roli.
- Kasbiy ta'lim pedagogikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: Pedagogika, psixologiya, fiziologiya, texnologiya kabi fanlar bilan kasb ta'limi pedagogikasining bog'liqligi.
- Kasb ta'limida pedagog faoliyatining umumiy tavsifi: Maqsadga yo'naltirilganlik, o'quv motivasiya va rag'batlantirish, yangi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, pedagogik loyihalarni amalga oshirish.
- Pedagogik mahorat va pedagogik bilimdonlik tushunchasi: O'qituvchi shaxsining shakllanish jarayoni; muloqatini asosini egallash; kasbiy-pedagogik muloqat texnologiyasi; pedagogik vaziyatlar.
- Kasbiy ta'lim pedagogining ixtisoslik tavsifi: Kasbiy maktab pedagogining faoliyati: mohiyati, funksiyasi, tuzilishi, mazmuni; kasbiy ta'limda tarbiyaviy ish mazmuni va uni amalga oshirish.
- Tarbiya jarayonini boshqarish: Kasbiy ta'lim tizimida innovasion tarbiya tizimlarining tavsifi; zamonaviy kasbiy maktabda shaxsiy pedagogik tajribani orttirish tizimi, zamonaviy pedagogik g'oya va tajribalarni rivojlantirish.
- Pedagogik texnologiya haqida tushuncha: O'quv jarayoni tuzilishida pedagogik texnologiya; an'anaviy pedagogik texnologiya; zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari, ularning qo'llanilishi va tavsifi.
- Kasb taʼlimi tizimlarining qiyosiy tahlili: Xorijiy davlatlardagi (Germaniya, Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya) kasbiy taʼlim tajribasi, MDH mamlakatlarida kasbiy ta'lim.