Агрокимё

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Agrokimyo" fanidan talabalarning bilim olishlari, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishlari va fanni chuqur o'zlashtirishlari uchun mo'ljallangan. Majmua agrokimyoning nazariy asoslari, o'g'itlar va ularning xususiyatlari, tuproq bilan o'zaro ta'siri, qo'llash usullari hamda texnik ekinlarni o'g'itlash tizimini o'z ichiga oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mineral o'g'itlar haqida tushuncha. Azotli o'g'itlar. O'simliklar hayotida azotning ahamiyati.: Mineral o'g'itlar, ularning turlari (azotli, fosforli, kaliyli), o'simliklar uchun ahamiyati, tuproqdagi miqdori va o'zgarishi, dehqonchilikda azot aylanishi, azotli o'g'itlar klassifikasiyasi, azotli o'g'itlar ishlatish usullari.
  • Fosforli o'g'itlar va ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi: Fosforli o'g'itlar va ularning ahamiyati, tuproqdagi miqdori va shakllari, superfosfat va qo'shsuprefosfatning olinishi, prestipitat va tamasshlak o'g'itlarni olinishi, fosforit uning olinishi va ishlatilishi
  • Kaliy va murakkab o'g'itlarning olinishi, xossalari va ishlatilishi.: Kaliyning o'simliklar uchun ahamiyati va uning tuproqdagi miqdori, kaliy o'g'itlarining olinishi, xossalari va ishlatilishi, murakkab o'g'itlarning xossalari va ishlatilishi
  • Organik o'g'itlar.: Mahalliy o'g'itlarning ahamiyati, To’shamali go’ngning kimyoviy tarkibi, To'shamali go’ngning saqlash usullari, Yerga go'ng solish muddatlari, uning tuproq va o'simliklarga taʼsiri, To’shamasiz (suyuq) go'ng.
  • Ko'kat va baktyerial o'g'itlar. Tolali texnik ekinlarni o'g'itlash tizimi.: Ko'kat o'g'itlar sifatida ustiriladigan o'simliklar, ularning tuproq xossalari va o'simlikka ta'siri, Baktyerial o'g'itlarning xossalari va ishlatilishi, G’o’zaga azotli o'g'itlarni qo'llash, G’o’zaga fosforli o'g'itlarni qo'llash, G’o’zaga kaliyli o'g'itlarni va mahalliy o'g'itlarni qo'llash, Kanopni va qand lavlagini o'g'itlash.
  • Agrokimyoning ekologik muammolari.Sabzavot ekinlarni o'g'itlash tizimi.: Ekologik va sugoriladigan sharoitlarda o'g'it qo'llash muammolari, Tuproq yeroziyasi va o'g'itlarni isrof bo'lishi, O'g'itlarning atmosferaga, tuproq xossalariga, mahsulot sifatiga taʼsiri.