Famatsevtika instituti talabalarining dori vositalari sifatini ta’minlash fani bo`yicha mustaq`il ravishda tayyorlanishlari uchun usulubiy qo`llanma
Ushbu kitob dori vositalari sifatini ta'minlashga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston farmatsevtika sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, GMP, GLP, GCP talablari asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, sifat nazoratini tashkil etish, analitik usullar, texnologik jarayonlarni validatsiyalash, xom ashyo va qadoqlash materiallari sifatini ta'minlash, dori vositalarining texnologik reglamentini ishlab chiqish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Talabalar dori vositalari sifati, faolligi va bezararligini ta'minlash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari kerak. Kitobda laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish, talabalarning mustaqil ta'lim olish shakllari va mazmuni ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Dori vositalari sifatini ta'minlash konsepsiyasi: Sifatni ta'minlashning asosiy yo'nalishlari va bosqichlari, dori vositalari sifatini ta'minlashda halqaro standartlar
- Farmatsevtik mahsulotlarni ro'yxatdan o'tkazish: Halqaro tajriba, mahalliy va chet eldan kirib kelayotgan dori vositalarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi
- Farmatsevtik mahsulotlarning sifatini ta'minlash tizimi: Nazorat qilish, sifatini ta'minlash (karta SHuxarta) va sifat menejmenti. Farmatsevtika korxonalarining nazorat tahlil laboratoriyalarida sifatni boshqarish tizimi
- Dori vositalarining sifatini tahlil qilish usullari: Dori vositalarining sifatini ta'minlashda qo'llaniladigan tahlil usullarining tavsifi va talablari. Analitik asboblar attestatsiyasi
- Dori vositalarining hayotiy davrida sifatni ta'minlash: Substansiyalar sifatini baholash, tabiiy xom ashyodan tayyorlangan dori vositalari sifatini ta'minlash. Me'yoriy hujjatlarni metrologik ekspertizasini tashkil qilish va o'tkazish tartibi
- Ishlab chiqarish va nazorat: Steril farmatsevtik maxsulotlarning sifatini nazorat qilish, Jixozlar tozaligi va uni baholashda qo'llaniladigan analitik usullar. Dori vositalarini ishlab chiqarishda boshlang'ich materiallar va qadoqlov vositalari. Spetsifikatsiyalar