O`zbek adabiyoti tarixi

Ushbu uslubiy qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutining oʻzbek adabiyoti kafedrasi uchun ishlab chiqilgan. Qoʻllanma «Oʻzbek adabiyoti tarixi» fanidan 1-kurs talabalari uchun mustaqil ishlarni tashkil etishga moʻljallangan. Unda talabalarga fanni oʻzlashtirishda yordam beradigan zarur koʻrsatmalar, topshiriqlar, adabiyotlar roʻyxati va internet resurslari keltirilgan. Qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining namunaviy dasturi va tegishli nizomlar asosida tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Qadimgi adabiy yodgorliklar. Og'zaki yodgorliklar: Mif va afsonalar, ularning mohiyati. Qadimgi mifologik va afsonaviy obrazlarning takomili. Qahramonlik eposi. Lirik she'rlar va qo'shiqlar, ularning janr xususiyatlari, tematik ko'lami va g'oyaviy yo'nalishi.
  • Yozma yodgorliklar: Qadimgi yozuv yodgorliklarining adabiy va madaniy qimmati. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. «O`rxun-enasoy» bitiklari, ularning tarixi va badiiy qimmati.
  • X-XII asrlar adabiyoti: Tarixiy sharoit va madaniy hayot. Fors-tojik adabiy tilining shakllanishi, Rudakiyning roli. Arab tilidagi adabiyot. Turk adabiy tilning vujudga kelishi.
  • Tasavvuf: So'fizmning falsafiy oqim sifatidagi mohiyati. Insonparvarlik va komil insonni tarbiyalash g'oyasi. Tasavvuf va she'riyat.
  • Mahmud Qoshg'ariy «Devonu lug'otit turk»: Asarning mohiyati va ahamiyati. Undagi lirik she'rlar va qo'shiqlar, ularning janri, tematikasi va g'oyaviy yo'nalishi.
  • Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig»: Shoirning hayoti va ijodi. Asarning syujeti va kompozitsiyasi. Obrazlar tizimi. G'oyaviy-ta'limiy ahamiyati.
  • Rabg’uziy «Qissasi Rabg'uziy»: Adabiy faoliyati va asarlari. Diniy hikoyatlarning mohiyati. Xalq og'zaki ijodining ta'siri.
  • XIV asr o`rtalaridan XVII asrgacha bo`lgan davrda tazkirachilik: Tazkirachilikning mohiyati. Davlatshoh Samarqandiy, Jomiy va Navoiyning tazkiralari, ularning ahamiyati.
  • Atoiy she'riyati: Hayoti va ijodi. Lirik she'rlarining mavzulari va g'oyalari. Atoiy va Navoiy munosabatlari.
  • Sakkokiyning badiiy mahorati: Hayoti va ijodi. G'azallarining mavzulari va g'oyalari. Badiiy mahorati haqida Navoiy fikrlari.
  • Lutfiy she'riyati: Hayoti va ijodi. She'rlarida hayotsevarlik va yashash zavqi. Lirik qahramon masalasi.