Etilenni dimerlash bilan buten – 1 olish texnologiyasi__ Reaktorni hisoblash. Quvvati 10000 t/y
Ushbu kitobda neft va gaz sanoati asosiy sohalaridan biri bo'lgan organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti, organik kimyo va og'ir organik sintez texnologiyasi kafedrasida kimyoviy va texnologik jarayonlar haqida malumotlar berilgan. O'quvchilarga reaktor qurilmalari, polimerlar hamda ularning xususiyatlari haqida etarlicha bilim beriladi.
Asosiy mavzular
- Buten-1 Olish Texnologiyasi: Etilenni dimerlash bilan buten-1 olish texnologiyasi uchung xom-ashyo moddalar va tayyor mahsulotlar tavsifi, jarayonning umumiy tavsifi, moddiy va issiqlik balansi, reaktorni hisoblash, qurilmaning mexanik hisobi va tavsifi, atrof muhit muhofazasi, mehnat va fuqaro muhofazasi, iqtisodiyot qismi.
- Reaktorlar: Reaktorlarning tuzilishi, turlari va ularga qo'yiladigan talablar, konstruksiyasi va ishlash xususiyatlari.
- Avtomatlashtirish: Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda qo'llaniladigan o'lchash asboblari va avtomatlashtirish tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsiplari.
- Atrof-muhitni muhofaza qilish: Ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ta'sirni kamaytirish talablari, chiqindilarni zararsizlantirish usullari.
- Iqtisodiyot: Ishlab chiqarishning iqtisodiy ko'rsatkichlari hisobi, tannarx, foyda, rentabellik va boshqa iqtisodiy tahlillar.