Gaz xromatografi
Ushbu kitob gaz xromatografiyasi usulini o'rganishga bag'ishlangan. Unda xromatografiyaning nazariy asoslari, usulning qo'llanilishi, gaz xromatografining tuzilishi va ishlash prinsipi, shuningdek, uskunaning texnik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Kitob atmosfera havosining ifloslanishini aniqlash, sanoatda ishlab chiqarishni nazorat qilish kabi amaliy masalalarni hal etishda xromatografiya usulidan foydalanishning ahamiyatini ko'rsatib beradi. Xromatografik analiz natijalarini kompyuterda qayta ishlash va talqin qilish masalalari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Xromatografiyaning nazariy asoslari: Xromatografiya - moddalarni fizik-kimyoviy usullar yordamida ajratish va analiz qilish usuli. Xromatografiyaning turlari, адсорбцион, ажратувчи, ионли алмашинув, молекуляр, чўкма. Газ ва суюқлик xromatografiya. Gaz xromatografiyasining qo'llanilishi va afzalliklari.
- Gaz xromatografining tuzilishi va ishlash prinsipi: Gaz xromatografining asosiy elementlari: gaz manbai, namuna kiritish tizimi, kolonka, detektor, ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi. Uskunaning ishlash prinsipi: namuna oqim bilan kolonka orqali o'tadi, undagi komponentlar fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko'ra ajraladi va detektorda qayd etiladi.
- Gaz xromatografining qo'llanilishi: Atmosfera havosining ifloslanishini aniqlash, sanoat gazlarining tarkibini aniqlash, organik moddalarni analiz qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish, tibbiyotda diagnostika.