SamDU Gerbariysida polypodiophyta, equisetophyta va pinophyta bo’limiga mansub taksonlarning tahlili va elektron katalogini yaratish
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi talabasi Norqulov Maʼsudjon Maʼrufovich tomonidan tayyorlangan malakaviy bitiruv ishi hisoblanadi. Ish SamDU gerbariysida saqlanayotgan Polypodiophyta, Equisetophyta va Pinophyta boʻlimlariga mansub taksonlarning tahlili va elektron katalogini yaratishga bagʻishlangan.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharhi: Elektron gerbariylarning ahamiyati, gerbariyni yigʻish va saqlash usullari, SamDU gerbariysining tarixi va xozirgi holati, dunyodagi yirik gerbariy kolleksiyalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
- Tadqiqot sharoitlari, ob'ekti va uslublari: Tadqiqotning olib borilgan sharoitlari, Samarqand Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya bo'limi gerbariy xonasi va undagi gerbariy namunalari, tadqiqot ob'ektlari va tadqiqot uslublari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tadqiqot natijalari: Polypodiophyta, Equisetophyta va Pinophyta boʻlimlariga mansub taksonlarning tahlili va elektron katalogi tuzilgan. Har bir boʻlim boʻyicha turkumlar va turlar keltirilgan, gerbariy yigʻilgan hududlar koʻrsatilgan.