Buyrak kasalliklari bilan xomiladorlarda terapevtik va akusherlik amaliyotlarini tashkil etish xamda olib borish standartlari

Ushbu kitob homilador ayollarda buyrak kasalliklarining zamonaviy diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga bag'ishlangan. Urologik patologiyalar, glomerulonefrit, piyelonefrit, siydik tosh kasalligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi kabi holatlarning klinik ko'rinishlari, tashxislash usullari va davolash yondashuvlari batafsil yoritilgan. Kitobda homiladorlikning ushbu kasalliklar kechishiga ta'siri, homila uchun xavflar, terapevtik va akusherlik taktikasi bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Maqsad - akusher-ginekologlar, urologlar va umumiy amaliyot shifokorlariga ushbu murakkab patologiya bilan to'qnash kelganda yordam berish.

Asosiy mavzular

  • Glomerulonefritlar (GN): GNning tasnifi, diagnostik mezonlari, kechishi va xomiladorlikka ta'siri, davolash yondashuvlari, tug'ruqni o'tkazish taktikasi.
  • Piyelonefrit (PN): PNning tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishlari, diagnostikasi, xomiladorlik davrida kechishi xususiyatlari, davolash prinsiplari, tug'ruqni olib borish.
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE): SBEning sabablari, bosqichlari, klinik belgilari, xomiladorlikka ta'siri, davolash usullari (konservativ va dializ), tug'ruq taktikasi.
  • Siydik tosh kasalligi (STK): STKning xomiladorlik davrida kechishi, diagnostikasi, davolash usullari (konservativ va jarrohlik), tug'ruqni o'tkazish taktikasi.
  • Buyraklarni o'tkir zararlanishi (BO'Z): BO'Zning sabablari, shakllari, diagnostikasi, davolash usullari.
  • Birlamchi va ikkilamchi amiloidoz: tasnifi, diagnostikasi hamda davolash usullari
  • Birlamchi va ikkilamchi buyrak nuqsonlari: tug'ma yo'q bo'lib tug'ilgan ayol bilan bog'liq muammolar. Diagnostika hamda davolash uslublari.
  • Homilada buyrak yetishmovchiligi: buyrak etishmovchiligida qilinadigan operatsiyalar hamda unda asoratlanish ko'rsatgichi