IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishi

Ushbu hujjat O'zbekiston va O'rta Osiyo tarixiga oid manba hisoblanadi. Unda IX-XV asrlarda ilm-fan, madaniyat, ta'lim-tarbiya rivoji, mutafakkirlarning pedagogik qarashlari, islom dinining ta'siri, shuningdek, Temuriylar davridagi maktab va madrasalar faoliyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobning asosiy maqsadi - talabalarning ma'naviy sifatlarini o'stirishdir.

Asosiy mavzular

  • IX-XV asrlarda O'rta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning o'ziga xos xususiyatlari: O'zbekiston mustaqilligini qo'lga kiritgach, pedagogik ta'lim tizimi respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlar sharoitida rivojlanish davriga kirdi. Zero, hozirgi kunda iqtisodiy madaniyati, ma'naviy va moddiy qadriyatlarini insonparvarlik, yuksak axloqiy ideallar ruhida rivojlantirayotgan mustaqil demokratik davlatni barpo etish jarayoni amalga oshmoqda. O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning muxim vazifalaridan biri milliy ma'naviyatni yuksaltirish, milliy mafkurani shakllantirishdan iboratdir.
  • IX-XII asrlar madaniy hayoti: IX-XII asrlar madaniy hayoti arab xalifaligada ro'y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq edi. Xalq harakati va xalifalik zaiflashdi va parchalandi. Biroq uning zaminida yashagan xalqlarning madaniy iqtisodiy aloqalari to'xtab qolmadi. Bu aloqalar XIII asrgacha, ya'ni Chingizxon istelosigacha samarali ravishda davom etdi. Chingizxon bosqini O'rta Osiyo xo'jaligi va madaniy xayotini yer bilan yakson qildi. Bu davrda so'fizm ta'limoti keng tarqaldi. XII-XIII asrlarda so'fizm kuchli g'oyaviy oqim sifatida xalq manfaatini ximoya qilib chiqdi. Bu davrlarda quyidagi sufiylik tariqatlari vujudga keldi: Kubraviylik, Yassaviylik, Naqshbandiylik va x.k.
  • XI-XV asrlarda O'rta Osiyoda maktab va madrasalarda o'quv mashg'ulotlari: IX -XV asrlardagi maktab va maorif tizimi haqida bizgacha juda oz ma'lumot yetib kelgan. Barcha bor manbalar, asosan XVII XX asrlardagi maktablar ahvolini xarakterlaydi holos. Bu davrda mavjud bo'lgan ta'lim tarbiyani ikki asosiy turga ajratish mumkin ular: 1. Diniy ta'lim-tarbiya 2. Dunyoviy ta'lim-tarbiya Diniy ta'lim islom dini asoslarini Qur'on, Sunna, shariat qoidalarini o'rgatishni nazarda tutsa, dunyoviy ta'lim ijobiy ilmlarning o'rganishni maqsad qilib olgan edi.
  • Temuriylar davri ta'limi va tarbiya tizimini darsda o'rganish: Qariyb bir yarim asr davomida mo'g'ullar istibdodi ostida xonavayron bo'lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo'g'ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo'lgan intilish g'olib keldi. Mo'g'ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo'zg'oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo'zg'olonlari ro'y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
  • Qorixona va daloilxonalar: Bizgacha yetib kelgan arhiv hujjatlari va adabiyotlarda bunday o'quv muassasalari haqida juda oz ma'lumot yetib kelgan. Shunga qaramay, qo'limizdagi ma'lumotlar umumiy tarzda bo'lsada, bu masalalarning ichki hayoti va qiyofasini tiklash uchun yetarlidir. Qorixona o'ziga xos o'quv muasasasi bo'lib, bu yerda o'quvchilar o'z domlalaridan asosan Qur'oni tilovat qilishni o'rganadilar. Unda ko'pincha ko'rlardan Qur'on tashviqotchilari tayyorlanar, ular qishloqma-qishloq yurib muqaddas oyatlarni shirali ovoz va qiroat bilan aholi o'rtasida yoyishardi.