Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Ushbu kitob O'zbekistonda korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Unda qarzlarining mohiyati, yuzaga kelish sabablari, tahlil qilish usullari va ularni kamaytirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham berilgan.
Asosiy mavzular
- Debitorlik va kreditorlik qarzlarining mohiyati va ahamiyati: Bozor iqtisodiyoti sharoitida debitorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqishi, ularning korxonalar faoliyatidagi roli va ahamiyati.
- Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish: Qarzlarni tahlil qilish usullari, tahlil ko'rsatkichlari va ularning iqtisodiy mazmuni.
- Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish: Qarzlarni boshqarishning asosiy yo'nalishlari, qarzlarni kamaytirish usullari va tavsiyalari.
- Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari: Majburiyatlarning turlari,ularni shakllantirish mexanizmini va ularni xozirgi kundagi xolatini, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar misolida taxlil qilib o'rganish.