Materialshunoslik fanini o‘qitish texnologiyalari
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma texnika yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan "Materialshunoslik" fanini o'qitish texnologiyalari haqida ma'lumot beradi. Qo'llanma materialshunoslik fanlaridan dars beradigan o'qituvchilar, texnika yo'nalishda o'qiydigan talabalar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Texnika yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlarida "materialshunoslik” fani samaradorligini belgilovchi nazariy masalalar: Materialshunoslik fanining o`quv dasturining ilmiy-metodik tahlili, modulli tuzilmasi va loyihalash texnologiyasi.
- Materialshunoslik fanini oʻqitish metodikasi va texnologiyalari: Materialshunoslik va mehnat ta`limi fanlaridagi aloqadorlik, mis va uning qotishmalari, alyuminiy, magniy, titan va ularning qotishmalari, antifriksion materiallar, yangi materiallar va ilg'or texnologiyalar, zargarlik materiallari.
- Materialshunoslik fanidan oʻquvchilar o'zlashtirishlarini baholashda test texnologiyalari: O'quvchilar o'zlashtirishini baholashda innovatsiyalar va test texnologiyasining o'rni, nostandart va standart test savollari.
- Kirish.Fanning maqsadi va vazifalari: Materialshunoslik fanining maqsadi, vazifasi va texnik jihatdan ahamiyati.
- Kristallanishda metall strukturasining shakllanishi: Kristallanish jarayonlari, nuqsonlar va ularning xususiyatlari.
- Qotishmalar va ularning tuzilishi: Qotishmalar klassifikatsiyasi, holat diagrammalari, evtektika va kimyoviy birikmalar.
- Metallarning xossalari: fizikaviy, kimyoviy, mexanik va texnologik: Metallarning asosiy fizik, kimyoviy va mexanik xossalari, ularning ta'riflari va ahamiyati.
- Sun'iy toshlar: Sun'iy toshlarning turlari, ishlab chiqarish usullari va qo'llanilishi.
- Yog'och materiallar: Yog'och materiallarning turlari, xossalari va qo'llanilishi.