«Elektrotexnikaning nazariy asoslаri» Fаnining 3-qismidan mа’ruzаlаr mаtni
Ushbu kitob elektrotexnika, elektroenergetika, radioelektronika, elektr aloqa va avtomatika sohalari bo'yicha bakalavriat va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan umummuhandislik fanlaridan biri bo'lgan 'Elektrotexnikaning nazariy asoslari' fanining 3-qismidan ma'ruzalar matnidir. Unda talabalarda elektrotexnikaning nazariy asoslari bo'yicha zarur va yetarli bo'lgan tayanch tushunchalar, elektr va magnit zanjirlardagi fizik qonunlar va hodisalarning o'ziga xos xususiyatlari har tomonlama bayon etilgan. O'quv materialining bayon etish usuli yangilatilgan va ularning o`zlashtirish jarayoninning jadallashtirishga yo`naltirilgan.
Asosiy mavzular
- Nochiziqli zanjirlar: Nochiziqli zanjirlarning asosiy xossalari, xususiyatlari, elementlarning xarakteristikalari, o'zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlaridagi jarayonlar, o'tkinchi jarayonlar va ularni tahlil qilish usullari ko'rsatilgan.
- Elektromagnit maydon: Elektromagnit maydonning nazariy asoslari, vektorlar analizidagi tushunchalar, elektrostatik va magnit maydonlarni xarakterlovchi kattaliklar, maydonni hisoblash usullari, turli muhitlardagi elektromagnit maydonlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Magnit zanjirlar: Doimiy magnit oqimli magnit zanjirlar, ularning asosiy qonunlari, elektr va magnit zanjirlaridagi o'xshashliklar, shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash usullari bayon etilgan.
- Ferromagnit elementli zanjirlar: Ferromagnit elementli o'zgaruvchan tok elektr zanjirlari, gisterezis hodisasi, induktiv g'altak almashlash sxemasi, vektor diagrammasi kabi mavzular yoritilgan.
- Ferrorezonans hodisalari: Ferrorezonans hodisalari, kuchlanishlar va toklar ferrorezonansi, kuchlanish stabilizatorlari, ferromagnit quvvat kuchaytirgich, chastota ikkilantirgich kabi masalalar ko'rib chiqilgan.