Chizma geometriya
Ushbu kitob "Chizma geometriya" fanining asosiy tushunchalari, tasvirlash usullari, geometrik shakllarning proyeksiyalari, sirtlar, kesishmalar, yoyilmalar va aksonometrik proyeksiyalarini o'z ichiga olgan darslikdir. Darslikda nazariy ma'lumotlar, misollar va amaliyotda qo'llaniladigan usullar keltirilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan texnika oliy o'quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Professor Sh.Murodovning umumiy tahriri ostida.
Asosiy mavzular
- Tasvirlash usullari: Markaziy va parallel proyeksiyalash usullari, ularning xossalari. To'g'ri burchakli proyeksiyalash.
- Geometrik shakllarning to'g'ri burchakli proyeksiyalari: Nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning proyeksiyalari. Nuqtaning koordinatalari va proyeksiyalari orasidagi bog'lanish.
- To'g'ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari: Umumiy va xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqlarning proyeksiyalari. To'g'ri chiziqning izlari, haqiqiy uzunligi va burchaklarini aniqlash.
- Tekislik va uning ortogonal proyeksiyalari: Tekislikning berilishi, izlari, proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari. To'g'ri chiziq va tekislikning o'zaro vaziyatlari. Tekislikning bosh chiziqlari, o'zaro parallelligi va kesishuvi.
- Ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari: Tekis-parallel harakatlantirish, aylantirish va proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usullari.
- Ko'pyoqliklar: Umumiy ma'lumotlar, ko'pyoqliklarning tekislik bilan kesishishi, o'zaro kesishishi.
- Egri chiziqlar: Umumiy tushunchalar, tekis egri chiziqlar, ularga urinma va normal o'tkazish, egrilik. Fazoviy egri chiziqlar, ularga urinma va normallar o'tkazish.
- Sirtlarning hosil bo'lishi va ularning tekis chizmada berilishi: Umumiy ma'lumotlar, sirtlarning berilish usullari, aylanish sirtlari, chiziqli sirtlar.
- Sirtlarning tekislik va to'g'ri chiziq bilan kesishishi: Umumiy ma'lumotlar, sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi, konus kesimlari, sirtlarni toʻgʻri chiziq bilan kesishishi.
- Sirtlarning yoyilmalarini yasash: Umumiy ma'lumotlar, koʻpyoqliklar yoyilmalari, silindrik va konus sirtlarning yoyilmalarini yasash.
- Sirtga urinma tekisliklar: Umumiy ma'lumotlar, urinma tekislikning chizmada berilishi, sirtning ixtiyoriy nuqtasi orqali urinma tekislik oʻtkazish.
- Sirtlarning o'zaro kesishishi: Umumiy ma'lumotlar, sirtlar kesishish chizigʻini yasashning umumiy algoritmi, aylanish sirtlarining oʻzaro kesishishi.
- Aksonometrik proyeksiyalar: Umumiy ma'lumotlar, aksonometrik oʻqlar va ular boʻyicha oʻzgarish koeffisientlari, aksonometriyaning asosiy teoremasi.