“O‘zbеk tili” fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'zbek tili fanini o'qitishni takomillashtirishga qaratilgan. Qo'llanma o'quvchilarni DTS bilan me'yorlangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan birga ularni kasbiy yo'naltirish orqali shaxs sifatida barkamolligini ta'minlash masalalarini ko'rib chiqadi.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston - mustaqil yurt: O'zbekiston tabiati, el-yurti, boyliklari haqida matnlarni o'qish, ularni kengaytirib hikoya qilish. Poytaxt, o`z shahri(qishlog`i) haqida so`zlay olish.
- Mening qiziqishlarim va mashg`ulotlarim: O`qish joyi, o`rganilayotgan fanlar xususida o`zbek tilida ma'lumot bera olish. Ta'lim jarayoni, qiziqqan fanlari haqida mustaqil suhbatlasha olish, bular haqida fikr almashish. Nima bilan shug`ullanasan? Har kuning samarali bo`lsin.
- Oilam - tayanchim va faxrim: Oila, qarindosh-urug`lar, do`stlarning oiladagi o`rni haqida suhbatlashish. Oiladagi o`zaro munosabatlar to`g`risida hikoya tuzish. Ota-ona( yoki biror qarindosh)ga xat yozish.
- Ustozlar maktabi: Ustozlar ta'rifi va tavsifiga oid matnlarni o`qib, savol-javoblarda ishtirok etish. Ustozlari, tengdoshlarini ta'riflay olish, ularga tavsif berish. Bular ustozlarim. YAxshi fazilat - inson ko`rki. Odamlardagi qaysi xislatlarni xush ko`rasiz? Ustozingni e'zozla, do`stim/
- Sevimli gazetam (jurnalim): Kutubxonachi va boshqa sinfdoshlar bilan muloqotga kirisha olish. Yangi kitob(gazeta, jurnal)lar haqida suhbatda ishtirok eta olish. Kitob(gazeta, jurnal)ni tavsiya, reklama qila olish.
- Til - ma'naviyat kizgusi: O'zbek tilini o'rganishning ahamiyati haqida fikr almashish. Til dilga yo'l ochar” mavzusida bahs-munozara yuritish. O`zbek tili - davlat tili. Til -do`stlik kaliti. So`z boyligi - til ko`rki.
- Sharq bozori ne'matlari: Bozordagi meva va poliz mahsulotlari nomini to`g`ri tushunish, ularni nutqda to`g`ri qo`llash. Bozordagi dialoglarda ishtirok eta olish ko`nikmasini egallash, taklif va mulohazalarni sotuvchi va boshqalarga bildira olish. SHarq bozoriga yozma ta`rif berish.
- Oʻzbek dasturxoni atrofida: O`zbek taomlari nomlarini bilish, ularni izohlay olish. Birga ovqatlanishga taklif etish,ovqatlanish paytida qo`llalinadigan muomala odobi iboralaridan o`rinli va to`g`ri foydalana olish. Taomnomalar tuzish. O`zi yoqtirgan taomga tavsif berish.
- Sog`liq - tuman boylik: Betob bo`lib qolganlar holidan xabar olishda o`zbekcha so`z va iboralarni to`g`ri va o`rinli ishlatish. Sport turlarining o`zbek tilida atalishini o`zlashtirish, so`zlarning ma'nosini izohlash.
- Tarixni o`rganamiz: O`zbekiston tarixidan hikoyalarni o`qish, ularni qayta hikoyalash. Teleko`rsatuvlar matni bo`yicha savol-javobda ishtirok etish. Tarixdan bir sahifa. Tarixiy obidalarni asrang.