"Marzoli” so`nggi yutuqlarini joriy etish asosida turli iplarni ishlab chiqarish imkoniyatlari
Ushbu kitob toʻqimachilik sanoatida ip yigirish jarayonlarini tashkil etish, texnologiyalarni optimallashtirish, va korxona iqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblashga bagʻishlangan. Kitobda ip yigirish tizimlari, jihozlar, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish dasturlari, xom ashyo balansini tuzish va iqtisodiy tahlil masalalari keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- "Marzoli" firmasining jihozlari va ulardan foydalanish: "Marzoli" firmasining toʻqimachilik sanoati uchun jihozlari, paxta tolalaridan ip ishlab chiqarish muammolari va yechimlari, qayta tarashning qoʻllanilishi va qayta tarash tizimida yigirilgan iplardan tayyorlangan matolarning tavsifi.
- Yigirish tizimi va usulini asoslash: Turli ip yigirish tizimlarining tavsifi, qayta tarash tizimini va halqali yigirish usulini tanlash, zamonaviy jihozlar roʻyxati.
- Yigirish rejasini tuzish: Yigirish mahsulotlarining chiziqli zichligi va choʻzishni asoslash, yarim tayyor mahsulotlarni pishitish darajasini hisoblash, mashinalarning chiqaruvchi aʼzolarini tezliklarini qabul qilish va asoslash, mashinalarning nazariy ish unumdorligini aniqlash, texnologik jihozlardan olinadigan yarim mahsulotlarning oʻlchamlari va massalarini tanlash, ip, yarim tayyor mahsulot va chiqindilarni aralashmadan chiqish miqdorlarini aniqlash, oʻtimlar boʻyicha soatli topshiriqlarni hisoblash va taqsimlash, jihozlar sonini aniqlash, yigirish rejasini qayta hisoblash.
- Yigiruv korxonalarida yongʻinni oʻchirishda qoʻllaniladigan moddalar: Yongʻinni oʻchirish usullari, suvning, koʻpikning, inert gazlarning oʻt oʻchirish xususiyatlari, qattiq oʻt oʻchirish moddalari, sprenkler va drencherli qurilmalar.
- Ip yigirish korxonasining tashkiliy-iqtisodiy koʻrsatkichlari hisobi: Korxonada ishlab chiqarish dasturi, xom ashyo balansi tuzish, tugallanmagan ishlab chiqarishni hisoblash, yoritish uchun sarflanadigan elektr energiya hisobi, ishchilar sonini aniqlash, iqtisodiy tahlil.