Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalari uchun mo'ljallangan pedagogika fanidan ma'ruzalar matni hisoblanadi. Kitobda pedagogika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, asosiy kategoriyalari, ilmiy tadqiqot metodlari, ta'lim jarayonining mohiyati, shakllari, qoidalari, qonuniyatlari, mazmuni, tarbiya metodlari, huquqiy, estetik, mehnat tarbiyasi va sinfdan tashqari ishlar kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Pedagogika fanining mohiyati, predmeti, maqsadi va vazifalari, fan sifatida shakllanishi, tarbiyaning tarixiy va ijtimoiy xarakteri, pedagogika fanini o'rganish zaruriyati
  • Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari: Pedagogika fanining asosiy tushunchalari: ilm, bilim, ko'nikma, ta'lim, tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, ma'lumot, shaxs va ularning o'zaro aloqadorligi, pedagogika fanlari tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi
  • Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari: Ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ularga qo'yiladigan talablar, ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish, pedagogik kuzatish, so'rash, o'quvchilar faoliyati natijalari va o'quv-tarbiya muassasalari hujjatlarini o'rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg'or tajribalarni o'rganish va yoyish
  • O'quvchi shaxsining rivojlanishi va tarbiya: Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari, shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, shaxs rivojlanishida muhit, ta'lim tarbiyaning ta'siri, shaxsiy faollikning ahamiyati, rivojlanishining davrlarga ajratilishi
  • O'zbekistonda ta'lim tizimi: Xalq ta'lim tizimi haqida tushuncha, O'zbekistonda ta'lim tizimi tarixi, ta'lim tizimining tuzilishi va ish mazmuni, ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim
  • O'qituvchi: O'qituvchining jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, yoshlarga ta'li-tarbiya beruvchi kishi, pedagogik faoliyati, pedagogik qobiliyat va maqsad, kasb sifatlari
  • Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va ularning o'zaro aloqadorligi: Pedagogika fanining asosiy tushunchalari va ularning o'zaro aloqadorligi, ta'lim, tarbiya, o'qitish, rivojlantirish va kamolot kategoriyalari
  • Taʼlim qoidalari va qonuniyatlari: Taʼlim qoidalari, qonuniyatlari haqida tushuncha, o'qitishning ilmiyligi, tushunarliligi, tizimliligi, amaliyligi, nazariyasi va amaliyot birligi, tarbiyaviy xarakteri
  • O'quvchilar bilim egallashning asosiy bosqichlari: Bilim egallash, bilim olishning asosiy bosqichlari: sezgi, idrok, tasavvur, hissiy bilish, anglash va amalda qo'llash, esda saqlash, bilimga qiziqishning o'rni, bilish faolligini va mustaqilligini rivojlantirish
  • Taʼlim mazmuni: Taʼlim mazmuni haqida tushuncha, ilmiy pedagogik asoslari, umumiy, mehnat va kasb maʼlumotlarining bog'liqligi, maktabning o'quv rejalari, uning ish mazmuni, o'quv dasturi mazmuni
  • Tarbiya metodlari: Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Sharq mutafakkirlari va buyuk pedagoglar tarbiya metodlari haqida.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari,ijtimoiy xulqatvor tajribasini shakllantirish usullari,Rag'batlantirish,jazolash.
  • O'quvchilar bilim egallashning asosiy bosqichlari: Bilim egallashda insonning subyektiv roli.Bilim egallash va tafakkur mohiyati.Maqsadga muvofiq tashkil etilgan ilmiy tadqiqot.
  • O’quvchilar jamoasini shakllantirish va uning o'quvchi shaxsiga ta'siri: Jamoa haqida tushuncha va jamoa tarbiyachisining nazariy asoslari. Jamoaning tuzilishi va turlari. Jamoa organlari va ularning vizifalari. Jamoaning rivojlanish jarayoni va bosqichlari. Bolalar jamoasini tashkil qilish va tarbiyalash yo'llari.
  • Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar: O'quvchi shaxsini shakllantirishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning pedagogik ahamiyati. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish shakllari va mazmuni.