Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi ol`kadagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar va mavzu materiallarini o`rta maxsus kasb hunar ta`limi tizimida o`qitilishi
Ushbu kitob "O'zbekiston tarixidan materiallar (3-kitob)" Rustam Shamsutdinov va Shodi Karimovlar tomonidan yozilgan bo'lib, unda sovet mustamlakachiligi, o'lkamiz xalqlarining milliy ozodlik kurashlari, O'zbekistonning sovet rejimi sharoitidagi ahvoli, xalqning azob-uqubatlari, Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, sho'rolar istibdodining kuchayishi va unga qarshi milliy uyg'onish, istiqlol uchun kurash xilma-xil hujjatli manbalar asosida aks ettirilgan.
Asosiy mavzular
- Sovet hokimiyatining o'rnatilishi: Bolsheviklar hukumatni ag'darishga da'vat qilganligi, Mahalliy aholi bunday siyosiy o'yinlardan chetda bo'lganligi, bolsheviklar esa zo'r berib hokimyatni egallashga intilganligi haqida ma'lumotlar beriladi.
- Turkiston muxtoriyati: Turkiston muxtoriyati tashkil topishi va uning tugatilishi sabablari keltirilgan.
- Turkiston sovetlar boshqaruvining mustahkamlanishi: Turkistonni yangi boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillarini davlat boshqaruv ishlariga yaqinlashtirmaslik siyosati yoritilgan.
- TASSRning tashkil topishi: Bolheviklar Rossiyaning manfaatlariga mos keluvchi milliy hududiy sub'ekt sifatida TASSRni tuzib, xaq xuquqlarini Rossiya manfaatlariga mos bosh qonuni Turkiston Avtonom sovet sotsialistik respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.