Umumiy dehqonchilik va o‘simlikshunoslik

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Qarshi davlat universiteti talabalari uchun dehqonchilik fanini o'rganish maqsadida nashr etilgan. Kitobda dehqonchilikning nazariy asoslari, tuproq unumdorligini oshirish yo'llari, ekinlarni parvarishlash usullari va boshqa agrotexnik tadbirlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanning maqsadi va vazifalari: Dehqonchilik fanining maqsadi qishloq xo'jaligi ekinlarini o'stirish, ularning hosildorligini ko'paytirish, yerlardan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirishdan iborat. Vazifalari tuproq unumdorligini oshirish, irrigatsiya usullarini ishlab chiqish, ekinlarning o'sishi uchun optimal sharoit yaratish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashdir.
  • Dehqonchilikning ilmiy asoslari: Dehqonchilikning ilmiy asoslari o'simliklarning hayot omillari (yer, suv, quyosh energiyasi, oziq moddalar) va tashqi muhit sharoitiga bog'liqdir. Tuproq unumdorligi dehqonchilikning muhim ilmiy asosi bo'lib, o'simliklarning o'sishi uchun zarur elementlar bilan ta'minlaydi. Ilmiy dehqonchilikning asosiy qonunlari esa hayot omillarining teng ahamiyatliligi, minimum qonuni va qaytarish qonunidir.
  • Tuproq unumdorligi va madaniyligi: Tuproq unumdorligi tuproqning qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish qobiliyatidir. Tuproq unumdorligining kategoriyalari tabiiy, sun'iy, potensial va effektiv unumdorlikni o'z ichiga oladi. Tuproqlarni madaniylashtirish tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar (biologik, kimyoviy va fizikaviy) majmuasidir.
  • Tuproq rejimlari va ularni boshqarish: Tuproq rejimlari tuproqdagi suv, havo va issiqlikning dinamikasi bilan belgilanadi. Tuproq suv rejimiga suvning kelib tushishi, harakati va yo'qotilishi kiradi. Tuproq havo rejimi tuproqdagi gazlar almashinuvini ifodalaydi. Tuproq issiqlik rejimi esa tuproqning isishi va sovishi bilan xarakterlanadi.
  • O'g'itlar: O'g'itlar o'simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun tuproqqa solinadigan moddalardir. Organik o'g'itlar (go'ng, kompostlar) va mineral o'g'itlar (azotli, fosforli, kaliyli) mavjud. O'g'itlash rejasi o'g'itlardan samarali foydalanishning asosiy shartidir.
  • Begona o'tlar va ularga qarshi kurash: Begona o'tlar qishloq xo'jaligi ekinlariga zarar yetkazadi. Begona o'tlarga qarshi kurashishda agrotexnik, kimyoviy va biologik usullar qo'llaniladi. Agrotexnik usullar begona o'tlarni yo'qotish, almashlab ekishni o'z ichiga oladi. Kimyoviy usullar gerbitsidlardan foydalanishga asoslangan. Biologik usullar esa maxsus hasharotlar va zamburug'lardan foydalanishni ko'zda tutadi.
  • Almashlab ekish: Almashlab ekish yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish va kasalliklarga qarshi kurashish uchun zarur. Almashlab ekish turlari dalali, yem-xashak va maxsus almashlab ekishlarni o'z ichiga oladi. Almashlab ekish sxemasi ekiladigan ekinlarning tartibini belgilaydi.
  • Tuproqni ishlash: Tuproqni ishlash ekinlar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Tuproqni asosiy ishlash tizimi kuzgi shudgorlashdan iborat. Tuproqni ishlashdagi texnologik jarayonlar yer qatlamini ag'darish, yumshatish, zichlash va tekislashni o'z ichiga oladi.
  • Ekish va nihollarni parvarishlash: Ekishda urug'ning sifati, ekish muddati, usuli va me'yori muhim ahamiyatga ega. Nihollarni parvarishlash agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida bajarishni talab qiladi. Oziq rejimini boshqarish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish, O'simliklar oziqlanishi uchun optimal sharoit yaratish, Tuproqdagi oziq moddalar miqdorining kamayishiga qarshi kurashish.
  • Dehqonchilikdagi ekologik muammolar: Dehqonchilikdagi ekologik muammolar tuproq eroziyasi, sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi va kimyoviy vositalardan noto'g'ri foydalanishni o'z ichiga oladi. Tuproqni muhofaza qilish va rekultivatsiya qilish usullari ishlab chiqilgan.
  • O'simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi: O`simlikshunoslik fani qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i bo`lib, madaniy o`simliklarning o`sish va rivojlanishi qonuniyatlarini o`rganadi. Ana shu qonuniyatlar aosida madaniy o`simliklardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradigan samarali agrotexnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi.
  • Donli ekinlar: Donli o'simliklar haqiqiy va tariqsimon don ekinlari hisoblanadi. Hakikiy don ekinlari morfolik va belgilariga karab ularga buydoy, arpa, javdar va suli kabi ekinlarni kiritadi. Oziqlanish tarkibiga bag'ishlangan masalalar.
  • Moyli ekinlar: Moyli ekinlar to'g'risida ma'lumot, kungaboqarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Qayd etilgan malumotlar.
  • Tolali ekinlar: Tolali ekinlar to'g'risida ma'lumot, G`o`zaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori va boshka tolda ma'lumotlar keltiriladi
  • Tuganak mevali ekinlar: Tuganak mevali ekinlar to`g`risida ma'lumot, Kartoshkaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, Kartoshkaning botanikva biologik xususiyatlari va h.k
  • Ildiz mevali ekinlar: Ildiz mevali ekinlar to`g`risida ma'lumot, Qand lavlagining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, Qand lavlagining botanikva biologik xususiyatlari va h.k
  • Yem-xashak ekinlar: Yem-xashak ekinlari to`g`risida ma'lumot, Bedaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, Bedaning agrotexnikasi va h.k