Metall konstruksiya elementlarining emirilish mexanikasi
Ushbu kitob metall konstruksiyalarining emirilish mexanizmini o'rganadi. Kitobda metallarning emirilishiga sabab bo'ladigan omillar, nuqsonlarni aniqlash usullari, mustahkamlik hisobi, yoriqlarning kengayishi va oldini olish choralari batafsil tahlil qilingan. Amaliy misollar bilan tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- Metallarda emirilish mexanizmi: Yoriqning paydo bo'lishi va rivojlanishi, kuchlanish konsentratsiyasi, energetik yondashuvlar.
- Metallarning emirilish turlari: Qovushqoq emirilish, mo'rt emirilish, toliqish emirilishi.
- Metallarning mexanik xarakteristikalariga ta'sir etuvchi omillar: Temperatura, radiaktiv nurlanish, termik ishlov berishning ta'siri.
- Deformatsiya va kuchlanishlarni aniqlash usullari: Lok qoplamalari usuli, muar polosalari usuli, optik usullar.
- Metall konstruksiyalarni mustahkamlash: Yoriqlarning oldini olish, yoriqni mustahkamlash usullari.
- Chidamlilik chegarasi haqida tushuncha: Shuni unutmaslik kerakki, miqdori o’zgaruvchan har qanday kuchlanish toliqish emirilishiga olib keladi. Detalning biror nuqtasidagi o’zgaruvchan kuchlanish qiymati chidamlilik (toliqish) chegarasi deb ataladigan kritik qiymatdan oshib ketganda emirilish sodir bo’ladi.