Пул, кредит ва банклар.
Ushbu kitob pul, kredit va banklar faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, unda pulning mohiyati, funksiyalari, pul muomalasini tashkil etish, bank tizimi, kredit tizimi va ularning iqtisodiyotdagi roli kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga, iqtisodchilarga va bank sohasiga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- "Pul, kredit va banklar" fanining predmeti va vazifalari. Puling zarurligi: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida pul muomalasi, kredit tizimi, хусусан Ўзбекистон Республикаси кредит тизимини ўзига хос хусусиятлари, банк тизими, Ўзбекистон Республикаси банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш каби masalalar ko'rib chiqiladi.
- Pul va uning iqtisodiyotdagi roli: Pulning mohiyati va uning iqtisodiyotdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Pulning vazifalari: qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi va jamg'arma vositasi tahlil qilinadi.
- Pul aylanishi va uning tarkibi: Naqd pul va naqd pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladigan to'lovlar yig'indisi pul aylanmasini tashkil qilishi, shuningdek pul aylanishi shakillari ko'rib chiqiladi.
- Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi: Qiymat qonuni va pul muomalasi qonuni, muomaladagi pul miqdori, pul massasi va uni boshqarish, pul agregatlari ko'rib chiqiladi.
- Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari: Kreditning zarurligi, mohiyati, kreditning ijobiy natijalari, kredit berish shartlari, kredit resurslarining manbalari, kreditning vazifalari va tamoyillari tahlil qilinadi.
- Kreditning turlari va shakllari: Kredit turlari: qisqa muddatli, uzoq muddatli, to'lov muddatiga qarab, ta'minlanganlik ta'minlanmaganligi, foiz darajasiga qarab kredit turlari ko'rsatilgan.
- Tijorat banklari va uning barqarorligiga ta'sir etuvchi omillar: Tijorat banklarining likvidligi, to'lov qobiliyati va barqarorligiga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Bank balansining tuzilishi, aktivlar va passivlar tahlili o'rganiladi.
- Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari: Nobank kredit tashkilotlarining turlari: mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit uyushmalari va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Ularning faoliyatini tartibga solish masalalari yoritiladi.
- Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi: Banklarning kelib chiqishi tarixi, bank tizimining rivojlanishi, banklarning vazifalari va funksiyalari haqida ma'lumotlar beriladi. O'zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning pog'onalari, maqsad va vazifalari ko'rib chiqiladi.
- Markaziy bank va uning funksiyalari: Markaziy bankning asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, monetar siyosati, valyutani tartibga solish, banklarni nazorat qilish kabi masalalar yoritilgan.
- Tijorat banklari va ularning funksiyalari: Tijorat banklarini tashkil etish, ularning huquqiy asoslari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari, aktiv va passiv operatsiyalari, likvidlikni ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi.
- Tijorat banklarining xalqaro kredit operatsiyalari: Tijorat banklarining xalqaro kredit operatsiyalari, faktoring operatsiyalari, vakillik munosabatlari, valyuta operatsiyalari, hisob-kitob shakllari, valyuta kotirovkalari kabi masalalar yoritiladi.