Процесс формирования нагрузки машины и его составляющие
Ushbu maqolada UXK mashinasining harakat uzatish tizimidagi o'zgaruvchan jarayonlarni o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tajriba natijalari keltirilgan. Maqolada mashina harakat uzatish tizimida bo'luvchi tebranishlar kinematik tizim ko'rinishiga bog'liqligi aniqlangan. Qarshilik kuchlari, ishqalanish kuchlari ishchi organlarida dinamik kuchlarni kelib chiqishiga sabab bo'lishi aniqlangan. Keltirilgan matematik model hisoblari va amaliy tajriba natijalari mos kelishi berilgan. Tajriba natijalari hozirgi zamon talablariga asosan o'tkazilgan bo'lib ossellogrammalarda keltirilgan. Shuningdek, texnologik mashinalar uzatmalarida yuklamalarni shakllantirish jarayoni, uning tarkibiy qismlari, yuklama o'zgarishini kamaytirish usullari ham muhokama qilingan.
Asosiy mavzular
- UXK mashinasining harakat uzatish tizimidagi o'zgaruvchan jarayonlar: Mashinaning harakat uzatish tizimida tebranishlar kinematik tizim ko'rinishiga bog'liq ekanligi, qarshilik va ishqalanish kuchlari dinamik yuklamalarni keltirib chiqarishi aniqlangan.
- Texnologik mashinalar uzatmalarida yuklamalarni shakllantirish: Yuklamalarni shakllantirish jarayoni murakkab dinamik jarayon bo'lib, ko'plab bir vaqtda sodir bo'ladigan, ammo sifat jihatidan farq qiluvchi tarkibiy qismlardan iborat.
- Yuklama o'zgarishini kamaytirish usullari: Oldindan siqilgan prujinalardan foydalanish va tizimning dinamik parametrlarini hisobga olish orqali yuklama o'zgarishini kamaytirish mumkin.