Аудиторлик текширувида таҳлилий амалларни қўллаш

Ushbu kitob auditorlik faoliyatini rivojlantirish, auditorlik tekshiruvlarini sifatini oshirishda auditorlik dalillari va ularni olish usullarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Kitobda O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmalarida auditorlik faoliyatini rivojlantirish, auditorlik tashkilotlarining huquqiy asoslari, auditorlik faoliyati ish sifatini oshirish, auditorlik dalillarning ahamiyati, turlari va ularni olish usullari, tahliliy tadbirlarning o'ziga xos jihatlari va xalqaro audit standartlari asosida auditorlik dalillarni qo'llash masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Auditorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari: O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmalarida auditorlik faoliyatini rivojlantirish, auditorlik tekshiruvlarini kengaytirish va ularni bozor iqtisodiyoti qoidalariga muvofiq tashkil etish masalalari ko'rib chiqilgan. Davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib, auditorlik faoliyatining tashkiliy – huquqiy asoslari ochib berildi.
  • Auditorlik dalillari: Auditorlik faoliyati ish sifatini oshirish, xulosa va hisobotlarni haqqoniy aks ettirilishida auditorlik dalilar muxim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Auditor etarlicha dalil to'play olgandagina mukammal darajadagi auditorlik hisoboti va xulosasini tuza olishi mumkinligi ko'rsatilgan.
  • Auditorlik dalillarini olish usullari: Auditorlik tashkiloti auditorlik dalillarini nazoratlash, kuzatish, so'rov, hisoblash va analitik amallar orqali olishi mumkinligi ta'kidlangan. Har bir usulning mohiyati va ahamiyati ochib berilgan.
  • Tahliliy tadbirlar: Tahliliy tadbirlarning o'ziga xos jihatlariga ilmiy yondashish tadqiqot davrida o'z samarasini topganligi, Auditorlik dalillarni to'plash ketma – ketligi ko'rsatilgan.
  • Xalqaro audit standartlari: Auditorlik faoliyatida xalqaro standartlarning ahamiyati, auditorlik dalillarni olishda xalqaro standartlarga e'tibor qaratish auditorning ish sifatini ta'minlashda muhim omil ekanligi ta'kidlangan.