Йўналишга кириш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim tizimida "Texnologik mashinalar va jihozlar (tibbiyot sanoati)" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun talabalarga mo'ljallangan o'quv materialidir. Unda o'quv dasturining tuzilishi, asosiy fanlar, malakaviy amaliyot va bitiruv ishi kabi elementlar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Texnologik mashinalar va jihozlarning asoslari va tibbiyot sanoatidagi o'rni: Oliy ta'limning ushbu davlat ta'lim standartining (OT DTS) mazmuni, qo'llanilishi va asosiy foydalanuvchilari haqida ma'lumot beriladi. Atamalar, ta'riflar va qisqartmalar keltirilgan.
- Tibbiyot texnologiyasining mashina va jihozlari bo'yicha bakalavr tayyorlash bosqichining talablari: Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan umumiy va kasbiy talablar, shuningdek, muhandislik-qidiruv va loyiha-konstruktorlik faoliyatiga qo'yiladigan talablar ko'rsatilgan.
- "Texnologik mashinalar va jihozlar (tibbiyot sanoati)" yo'nalishi sohasining tuzilishi, tarkibi va mazmuni: Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi va turlari, kasbiy moslashuv imkoniyatlari va ta'limni davom ettirish imkoniyatlari haqida ma'lumot beriladi.
- Texnologik mashina va jihozlarini loyihalashning konstruktorlik kursi: Ushbu qurilmalarni loyihalashning usullari va konstruktorlash, muhandislik-qidiruv va loyiha-konstruktorlik faoliyatida chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining ahamiyati yoritiladi.
- Biotibbiyot tizimlarini boshqarish: Fanning maqsad va vazifalari, fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fan o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fanning ishlab chiqarishdagi o'rni, fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar haqida ma'lumot beriladi.
- Mikroprotsessor texnikasi: Fanning maqsad va vazifalari, fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fan o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fanning ishlab chiqarishdagi o'rni, fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar haqida ma'lumot beriladi.
- Elektron qurilmalar sxemotexnikasi: Fanning maqsad va vazifalari, fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fan o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o'rni, fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar haqida ma'lumot beriladi.
- Ta'lim dasturlarining mazmuni va komponentlari (matematik va tabiiy-ilmiy fanlar): Oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, amaliy mexanika, ekologiya kabi fanlarning mazmuni va komponentlari haqida ma'lumot beriladi.
- Umumkasbiy fanlar mazmuni va komponentlari: Chizma geometriya va muhandislik grafikasi, sanoat iqtisodiyoti va menejmenti, hayot faoliyati xavfsizligi, metroloiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, elektrotexnika nazariy asoslari, materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, issiqlik texnikasi fanlarining mazmuni va komponentlari haqida ma'lumot beriladi.
- Ixtisoslik fanlarini o'rgatish ketma - ketligi va umumiy tushunchalar.: Tibbiyot va biotexnologiya apparat va tizimlari, tibbiyot va biotexnologiya mashina va jihozlarni ta'mirlash va texnik hizmat ko'rsatish, tibbiyot va biotexnologiya apparatlari ishonchliligi va diagnostikasi kabi fanlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Malakaviy amaliyotga bo'lgan talablar to'g'risida umumiy tushunchalar: Tanishtiruv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti, bitiruv oldi amaliyoti, bitiruv ishi va baholash shakllari haqida ma'lumot beriladi. Ta'lim dasturlarini o'zlashtirishga belgilangan talablar, o'quv jarayonining moddiy-texnika bazasi bo'yicha talablar ko'rsatilgan.