Mikroiqtisodiyot

Ushbu kitobda mikroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari, nazariyalari va amaliyotda qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Mikroiqtisodiyotning asosiy masalalari, bozor mexanizmlari, talab va taklif, elastiklik, bozor turlari, raqobat, monopoliyalar, hukumatning bozorga aralashuvi va boshqa muhim iqtisodiy hodisalar tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Mikroiqtisodiyot faniga kirish: Ushbu bobda resurslarning cheklanganligi, ularni taqsimlash, mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsad va vazifalari, pozitiv hamda normativ mikroiqtisodiyot, uning ob'ekti, sub'ektlari, usullari va mikroiqtisodiy modellar haqida ma'lumot berilgan.
  • Iqtisodiyotning o'nta tamoyili: Bu bobda iqtisodiyotning o'nta tamoyili, jumladan, odamlar tanlovga duch kelishi, biror narsaning qiymati, oqil odam chegarani o'ylashi, odamlar rag'batlarga ta'sirchanligi, savdo hammaga foydaliligi va davlat ba'zan bozor faoliyati oqibatlarini yaxshilashi mumkinligi kabi tamoyillar tahlil qilingan.
  • Talab, taklif va bozor muvozanati: Ushbu bobda talab va taklif nazariyasi taqdim qilingan. Sotuvchi va xaridorning o'zini tutishi va ularning o'zaro ta'siri, shuningdek, narxlarni belgilash mexanizmi va uning iqtisodiyotning taqchil manbalariga ta'siri o'rganilgan.
  • Elastiklik va uni hisoblash: Ushbu bobda talab elastikligi, taklif elastikligi, ularga ta'sir etuvchi omillar va ularni hisoblash usullari tushuntirilgan. Narx, daromad va kesishgan elastiklik kabi turli elastiklik turlari ko'rib chiqilgan.
  • Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati: Ushbu bobda bozor mexanizmini tartibga solish, narxlarning maksimal va minimal chegaralari, narx siyosatining oqibatlari va davlatning bozorga aralashuvi masalalari o'rganilgan.
  • Iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi: Bu bobda iste'molchi ortiqchaligi, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi va bozor samaradorligi kabi tushunchalar yoritilgan. Bozor muvozanati va resurslarni taqsimlashning samaradorligi masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Iste'molchi tanlovi nazariyasi: Ushbu bobda iste'molchining budjet cheklanishi, tanlov tamoyillari, optimallashtirish va uning asosiy qoidalari tahlil qilingan. Ta'm sifatiga qo`yiladigan talab va taklifning bahosi, uning chekli mehnatiga (O`ylab yozilgan fikriga) to'xtalib o'tilgan.
  • Bozor va tavakkalchilik: Ushbu bobda tavakkalchilikning o'lchash usullari, unga bo'lgan munosabat, tavakkalchilikni kamaytirish yo'llari, asimmetrik axborotlashgan bozor va uning siyosiy iqtisodiyotga ta'siri o'rganilgan.
  • Ishlab chiqarish nazariyasi: Ushbu bobda ishlab chiqarish texnologiyasi, izokvantlar, qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish, o'rtacha va chegarali mahsulot, o'zgaruvchan omillar va ko'lam samarasi tahlil qilingan.
  • Ishlab chiqarish xarajatlari: Ushbu bobda umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda, doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar, xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari, qisqa va uzoq muddatli xarajatlar yoritilgan.
  • Firmalar na raqobatli bozorlarda: Ushbu bobda raqobat tushunchasi, raqobatlashuvchi firmaning daromadi, foydani maksimallashtirish va raqobatli firmaning taklif egri chizig'i, bozor taklifi egri chizig`i bilan tushuntiriladi.
  • Bozorning monopoliya sharoitida ta'minlanishi: Ushbu bobda monopoliya, sof monopoliya, tabiiy monopoliya, monopolistning narx siyosati va faoliyati tartibga solish masalalari yoritilgan.
  • Raqobatlashgan Monopol bozor: Ushbu bobda raqobatlashgan monopol bozorning mohiyati va ahamiyati, xususiyatlari, raqobatning ta'siri yoritilgan.
  • Turli bozorlarda narxlarni shakllantirish: Ushbu bobda iste'molchi ortiqchaligini egallash, mavjud bo'lgan bozorda turli harakatlar va strategik yechimlar masalalari ochib berilgan.
  • Ishlab chiqarish omillari bozori: Ushbu bobda mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko'rsatkichlari, ish haqi va ishlash vaqti, qisqa va uzoq muddatli istiqbollar bilan bog'liq masalalar ochib berilgan.
  • Tashqi taʼsirlar va davlat siyosati: Ushbu bobda tashqi taʼsirlar va bozor samarasizligi, salbiy tashqi ta'sirlar, davlat siyosati, ijobiy va salbiy oqibatlar va boshqa xususiyatlari muhokama qilingan.
  • Ijtimoiy neʼmatlar va umumiy resurslar: Ushbu bobda turli xil mahsulotlar, ommaviy tovarlar, umumiy resurslar, tashqi ta'sirlar va ular bilan bog'liq masalalar ochib berilgan.