Tilshunoslikka kirish
Ushbu kitob tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, metodlari va tarixi haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Tilshunoslikka kirish: Tilshunoslikning asosiy masalalari, tilning paydo bo'lishi, taraqqiyoti, va til tavsifi borasigi muhim jihatlarni o'rganadi. Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo'lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi.
- Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi: Til kishilar o'rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo'lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga hizmat qiladi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog'liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
- Tilning ijtimoiy tabiati: Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo'lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo'ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir.
- Til va jamiyat: Til va jamiyatning o'zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o'rganadi. Tilning paydo bo'lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog'liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
- Til - ramzlar tizimi: Har qanday til fonetik tuzilish, grammatik qurilish va lug'at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qisimlari muayyan qonuniyatlar asosida o'zaro bog'lanib butun bir tilni hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog'langan tizimni tashkil etadi.
- Til va nutq: Til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash ularning munosabat mohiyatini o'rganish arab tilshunosligida VIII-IX asrlardayoq mavjud edi. Mazkur tushunchalarning munosabat shakli hozirga qadar dunyo tilshunoslarining diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.
- Til va tafakkur: Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning aloqadorlik tamoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog'lanadi. Chunki tilshunoslikning o'rganish obyekti bo'lgan til tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir.
- Til birliklarining o'ziga xos tabiati: Til muayyan birliklarning tizimidan iborat murakkab tizim hisoblanadi. Til birliklarining o'ziga xos tabiati professor Sh. Rahmatullayevning "Til qurilishining asosiy birliklari” qo'llanmasida izchil bayon etilgan:
- Dunyo tillari va tillar tasnifi: Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab oʻrganish shuni koʻrsatadiki, baʼzi tillardagi soʻzlarning ma'nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin. Qardosh tillar boʻla olmaydi. Ammo ba'zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi soʻzlarning paydo boʻlish manbai, Soʻz shakllari va ma'nolari bir-biriga ancha yaqin boʻladi.
- Lingvistik tahlil metodlari: Tilshunoslik fanining o'rganish sohasi bo'lgan tilni har tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim.