Fermer xo’jaliklarida mehnat haqi hisobi va mehnat unumdorligi tahlilini takomillashtirish (Kattaqo’rg’on tuman fermer xo’jaliklari misolida)

Bitiruv malakaviy ishida fermer xo'jaliklarida mehnatga haq to'lash hisobi va unumdorligini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Ishda O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi vazirligining statistik ma'lumotlari tahlil qilingan. Mehnat unumdorligini oshirish yo'llari ham tadqiq etilgan.

Asosiy mavzular

  • Qishloq xo'jaligida resurslar salohiyati va ulardan foydalanish imkoniyatlari: Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslari, mehnat resurslari, moddiy resurslar, ulardan foydalanish samaradorligi, Kattaqo'rg'on tumani misolida yer resurslarining dinamikasi va hosildorlik tahlili.
  • Fermer xo'jaliklarida mehnatga haq to'lash hisobi va mehnat unumdorligini tashkil etish: Mehnatga haq to'lash shakllari, mehnat haqi fondi, ish haqi hisobini tashkil etish, mehnat unumdorligini tahlil qilish, to'lov qaydnomalari, balanslar
  • Fermer xo'jaliklarida mehnatga haq to'lash va mehnat unumdorligi tahlilini takomillashtirish: Mehnat haqini tahlil qilish, xo'jaliklarni mehnat resurslari bilan ta'minlanishi, ularning tarkibi, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish
  • Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash: Mehnat muhofazasi talablari, talabalarni dala ishlariga jalb qilishdagi talablar, xavfsizlik qoidalari