Signallar va tizimlar

Ushbu kitob "Signallar va tizimlar" fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, fanning asosiy nazariy tushunchalari, usullari va amaliy qo'llanilishini qamrab oladi. Kitobda signallarni tahlil qilish, turli tizimlarning xususiyatlarini o'rganish, signallarni diskretlash, filtrlash va almashtirish kabi muhim mavzular batafsil yoritilgan. Har bir mavzu nazariy asoslar, misollar va amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlangan. Kitobda shuningdek, zamonaviy raqamli signallarga ishlov berish usullari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Signallar va tizimlar asoslari: Signallar va tizimlar tushunchasi, turlari, parametrlari, aloqa kanallarining xususiyatlari va signallarga ta'sir etuvchi xalaqitlar. Signallarni turlarga ajratish usullari va aloqa tizimlarida qo'llanilishi.
  • Vaqt diskret funksiyasi sifatida signallarni ifodalash: Uzluksiz va diskret signallar, ularning xususiyatlari, sodda va murakkab signallarni matematik ifodalash usullari. Signallarni integrallash va differensiallash.
  • Tizimlarni ta'riflash va tizimli tahlil: Uzluksiz vaqt tizimlari, ularning xossalari, chiziqli tizimlarning xususiyatlari, tizimlarni strukturaviy diagrammalar orqali ifodalash usullari.
  • Uzluksiz signallarni Fure uzluksiz va diskret qatoriga yoyish: Davriy signallarning spektri va Fure qatori, trigonometrik qatorlar, turli spektrlar va Fure almashtirishining asosiy xossalari.
  • Laplas almashtirishi: Laplas almashtirishining ta'rifi, to'g'ri va teskari almashtirishlar, Laplas integral almashtirishlarining asosiy xossalari.
  • Z-almashtirish: Z-almashtirishning ta'rifi, to'g'ri va teskari z-almashtirishlar, z-almashtirishning xossalari, barqarorlikni tadqiq qilish usullari.
  • Signallarga uzluksiz va raqamli ishlov berish: Vaqt bo'yicha diskretizatsiyalash usullari, impulsli modulyatsiya turlari, diskret modulyatsiyalangan signallarni tahlil qilish.
  • Signallarni raqamli filtrlar yordamida qayta ishlash: Raqamli filtrlarning turlari, impuls xarakteristikasi chekli va cheksiz filtrlar, filtrlarni loyihalash bosqichlari, maxsus talablar ro'yxati, filtrni unga mos keluvchi struktura orqali ifodalash.
  • Signallarni diskret almashtirish: Fure almashtirishi, tezkor Fure almashtirishi, diskret kosinus almashtirishi, Adamar almashtirishi, Veyvlet almashtirishi.