NGN тармоқларини режалаштириш ва лойиҳалаштиришнинг услубий жиҳатларини тадқиқ этиш

Ushbu kitob NGN (Keyingi avlod tarmoqlari)ni rejalashtirish va loyihalashtirishning metodik jihatlarini o'rganadi. Kitobda aloqa tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyalari, texnologiyalari va standartlari, shuningdek telekommunikatsiya tizimlarining arxitekturasi va ish faoliyatini optimallashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • NGN tarmoqlarini rejalashtirishning metodik jihatlari: Ushbu mavzu NGN tarmoqlarini rejalashtirish tamoyillari, xususiyatlari, rivojlantirish metodlari va vositalarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, NGN tarmoqlarini amalga oshirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodlari ham ko'rib chiqiladi.
  • NGN tarmoqlarini loyihalashtirishning metodik jihati: Ushbu mavzu NGN tarmoqlarini loyihalashtirishga tizimli yondashuvni, NGN tarmoqning asosiy komponentlarini loyihalashtirishni, tarmoqni loyihalashtirish metodlari va vositalarini, hamda NGN tarmoq elementlarini hisoblash metodlarini qamrab oladi.
  • Telekomunikasiya tarmoqlarini loyihalashtirish metodlari: NGN tarmoqni yaratish uchun magistral transport texnologiyalari, optik tolali aloqa liniyalari bilan ishlashni tashkil etish, kommutatsiya uskunalarini tanlash kabi muhim masalalarni qamrab oladi.
  • O'xshash traifikni taxlil qilish: NGN tarmoqlarida axborot uzatish sifatini ta'minlash uchun trafikni taxlil qilish usullari keltirilgan. Bunda, trafikning o'ziga xos hususiyatlarini e'tiborga olgan holda taxlil uslublarini qo'llash muhimligi ta'kidlangan.
  • NGN tarmoqni loyihalashtirishda umumiy metodika: NGN tarmoqni loyihalashtirishning kompleks modeli va bosqichlari keltiriladi, shuningdek bajariladigan ishlar ro'yxati berilgan.
  • Tarmoq kommutatorlarining xarakteristikalarini tadqiq qilishning soddalashtirilgan modeli: Kommutatorlarning ishlash tamoyillari va texnik tavsiflari keltirib o'tilgan.