Cholg‘ushunoslik
Ushbu kitob O'zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanish tarixini, cholg'ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasini, ularning tuzilishini hamda ijro etish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda o'zbek xalq cholg'ularining tasnifi, ularning orkestr va ansambllardagi o'rni, shuningdek, cholg'u jamoalarining faoliyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanma talabalar, musiqa o'qituvchilari va musiqa san'atiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Musiqa cholg'ulari va ularni o'rganish tarixidan: Ushbu mavzu O'zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon mavjud bo'lgan musiqa madaniyati, cholg'ularning arxeologik topilmalardagi aks etishi, O'rta Osiyo hududidagi davlatlar va ularning musiqa madaniyati, shuningdek, ellin madaniyatining ta'siri haqida ma'lumot beradi. Afrosiyob, Xorazm va boshqa hududlardagi cholg'ular tasvirlari, shumerlar, Abu Nasr Farobiy asarlari va ularda ud cholg'usi talqini yoritiladi.
- Musiqa cholg'ularining o'rta asr olimlarining risolalarida aks ettirilishi: Mavzuda IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan o'rta osiyolik olimlarning musiqa nazariyasi, cholg'ular haqidagi fikrlari, Farobiyning 'Musiqa haqida katta kitobi' va unda ud, tanbur cholg'ulari talqini, Abu Ali ibn Sino, Darvish Ali Changiy va boshqa olimlarning asarlari tahlil qilinadi.
- Musiqa cholg'ularini qayta ishlash va takomillashtirish jarayoni va uning natijalari: O'zbek xalq cholg'ularini yevropa tovush qatoriga o'tkazish, cholg'ularning yangi turlarini yaratish, A.I.Petrosyansning bu boradagi faoliyati, soz ustalarining cholg'ularni takomillashtirishdagi roli, xalq cholg'u orkestrining tashkil etilishi va uning tarkibi, cholg'ularning guruhlanishi batafsil yoritiladi.
- Musiqa cholg'ulari kolleksiyalari: Ushbu mavzu XIX asr oxiri XX asr boshlarida O'rta Osiyoga kelgan sayyohlar tomonidan to'plangan cholg'ular kolleksiyalari, ularning Sankt-Peterburg Etnografiya muzeyidagi o'rni, A.Samoylovich, Avgust Eyxgorn kolleksiyalari va ularning ahamiyati haqida ma'lumot beradi.
- Musiqa cholg'ulari: Mavzu turli hil musiqa cholg'ulariga bag'ishlangan bo'lib, o'quvchi turli xil sozlar, ularning turlari, tarixi, sozlanishi va orkestrdagi o'rinlari xaqida bilib oladi. Naylar, G'ijjaklar, Qo'biz, Dutor va yana ko'plab sozlar xaqida malumotlar berilgan.