O'zbekistan tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixi fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston davlatchiligining shakllanishi, rivojlanishi va mustaqillik davri kabi muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Kitobda O'zbekistonning qadimgi tarixi, davlatchilikning ilk bosqichlari, etnik shakllanishi, o'rta asrlar davlatchiligi, mo'g'ullar istilosi, Amir Temur va Temuriylar davri, Turkistonning xonliklarga bo'linishi, Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi, sovet hokimiyatining o'rnatilishi, mustaqillik yillari va boshqa muhim davrlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari va uni o'rganishning ahamiyati: Ushbu mavzuda fanning predmeti, dolzarb muammolari, xolslik, ilmiylik, tarixiylik, metodologiya, umuminsoniylik va umumbashariyat, mantiqiylik, dialektik uslub, tarixning davrlashtirilishi, moddiy va yozma manbalar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Markaziy Osiyo insoniyat sivilizasiyasining qadimgi o'choqlaridan biri: Ushbu mavzuda hududimizda qadimgi sivilizasiyaning uzoq asrlar davomida shakillanishi, ibtidoiy jamiyatning davrlari va uning manzilgohlari, dastlabki sivilizasiyaning ma'naviy asoslari: diniy e'tiqotlar va tasviriy san'atning paydo bo'lishi kabi masalalar o'rganiladi.
- O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Ushbu mavzuda davlatchilik tushunchasi, jahon tarixidagi eng qadimgi davlatlar, O'zbekiston hududida eng qadimgi davlatchilikning rivojlanishi, o'lkamiz xalqlarining madaniyati, diniy e'tiqodlar, «Avesto»- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, yuyechji qabilalarining O'rta Osiyoga kirib kelishi, Kushonlar saltanati mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi davr ekanligi masalalari ko'rib chiqiladi.
- O'zbek xalqining etnik shakllanishi, ilk o'rta asrlar davlatchiligi: Ushbu mavzuda o'zbek xalqining etnik asoslari, turkiy qabilalar, ko'chmanchi kidariylar, Turk hoqonligi, Arab xalifaligining O'rta Osiyoga yurishlari kabi masalalar o'rganiladi.
- IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi, O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri: Ushbu mavzuda IX asrda Movarounnahrning siyosiy ahvoli, Toxiriylar davlati, Somoniylar hukmronligining boshlanishi, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, saljuqiylar davlatlarining tashkil topishi, IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi, O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri madaniyati kabi masalalar o'rganiladi.
- Mo'g'ullar istilosi va ularning zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi jasorati: Ushbu mavzuda mo'g'ullar xujumi arafasida Xorazmshoxlar davlatidagi vaziyat, elchilik munosabatlari, mo'g'ullarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari, Jaloliddin Manguberdi jasorati, Chig'atoy Ulusining tashkil topishi kabi masalalar o'rganiladi.
- Amir Temur va Temuriylar davrida o'zbek davlatchiligining yuksalishi. ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: Ushbu mavzuda Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi, Uning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, Temuriylar davrida madaniy hayot kabi masalalar o'rganiladi.
- Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: Ushbu mavzuda Movarounnahr va Xurosonni Shayboniylar tomonidan bosib olinishi va shayboniylar sulolasining boshqaruv tizimi, mamlakatning uch xonlikka bo'linishi, ulardagi ijtimoiy - iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahvol, xonliklarda ichki va o'zaro kurashlarning avj olishi va uning oqibatlari kabi masalalar o'rganiladi.
- Chor Rossiyasining turkistonni bosib olishi. chorizm istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchilik: Ushbu mavzuda Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi, o'lkamizda mustamlakachilik boshqaruv tizimining o'rnatilishi, Turkiston xalqlarining Chorizmning mustamlakachilik tizimiga qarshi milliy-ozodlik harakatining boshlanishi, uning bosqichlari. Jadidchilik kabi masalalar o'rganiladi.
- Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat: Ushbu mavzuda 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri, Mahalliy xalqlarning siyosiy faollashuvi Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi va uning shovinistik siyosati. Turkistonda qarshilik ko'rsatish harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlantiruvchi kuchlari. Xiva honligi va Buxoro amirligining tugatilishi kabi masalalar o'rganiladi.
- Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati: Ushbu mavzuda 20-yillarda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, O'zbekistonda sanoatlashtirish va agrar siyosatining mustamlakachilik mohiyati. 50-80 yillarda O'zbekiston iqtisodiyotini boshqarishdagi hatolar va ularning oqibatlari kabi masalalar o'rganiladi.
- Sovet hokimiyati davrida O'zbekistonning ma'naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari: Ushbu mavzuda Madaniy inqilob tushunchasi, uning mohiyati. 20-30 yillardagi madaniy hayot. Xalq maorifi, oliy va o'rta mahsus ta'lim: yutuqlar va nuqsonlar. Urushdan keyingi davrda ma'naviy-madaniy sohada ma'muriyatchilikning kuchayishi. Ruslashtirish siyosati. O'zbek ziyolilarining qatag'on qilinishi kabi masalalar o'rganiladi.
- Mustabid sovet tuzumining O'zbekistondagi qatag'onlik siyosati va uning oqibatlhari: Ushbu mavzuda SSSRda ma'muriy-buyruqbozlik totalithar tuzumning qaror topishi. Respublika huquqlharining cheklanishi Siyosiy qatag'onlik, uning bosqichlhari va og'ir oqibatlhari. Stalin vafotidan keyin ma'muriy-buyruqbozlik tizimining kuchhayishi, ijtimoiy-adolat qoidalharining buzilishi masalalar o'rganiladi.
- Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi: Ushbu mavzuda Urushning boshlanishi. O'zbekiston moddiy va madaniy kuchlarning fashizmga qarshi urushga safarbar yetilishi. G'alaba yo'lida o'zbek xalqi farzandlarining jasorati va fidokorona mehnati. O'zbekiston fan va madaniyati urush yillarida. O'zbek xalqining baynalminalligi va yuksak gumanizmi masalalari o'rganiladi.
- Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi: Ushbu mavzuda 80-yillarning o'rtalarida SSSRda inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi. «Qayta qurish» konsepsiyasi». 1991 yil avgust voqealari. KPSS faoliyatining to'xtalishi va SSSRning tanazzulga tutishi. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi - o'zbek xalqi hayotida mislsiz tarixiy voqea. O'zbekiston Konstitusiyasining qabul qilinishi kabi masalalar o'rganiladi.
- Mustaqillik yillarida O'zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti hamda jahon hamjamiyatiga qo'shilishi: Ushbu mavzuda O'zbekiston Respublikasining bozor munosabablarining shakllantirish yo'li. «O'zbek modeli» uning tamoyillari. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ma'naviy hayot, xalq ta'limi, fan va madaniyat. O'zbekistonda tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning tamoyillari. O'zbekistonning MDHga a'zo bo'lgan davlatlar bilan hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan ko'p tomonlama aloqalar. Qo'shma korxonaning tashkil etilishi va ularning faoliyati kabi masalalar o'rganiladi.