Texnologiya 4-sinf

Ushbu kitob, 4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Texnologiya” darsligi, turli xil materiallarga ishlov berish, buyumlar yasash, o‘yinchoqlar tayyorlash, pazandachilik asoslari, tikuvchilik va to‘qish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Darslik, o‘quvchilarni ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga va mehnatsevarlikka o‘rgatishni maqsad qiladi.

Asosiy mavzular

  • Qog'oz bilan ishlash: Qog'ozdan turli shakllar yasash, origami, applikatsiya, papye-mashe usullari, tabriknomalar tayyorlash, qog‘ozdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi
  • Tabiiy materiallar bilan ishlash: Tabiiy materiallardan applikatsiya usulida buyumlar yasash, gul yasash, somondan o‘yinchoqlar yasash, barglardan kompozitsiyalar tuzish
  • Plastilin bilan ishlash: Plastilindan turli buyumlar, o‘yinchoqlar, ertak qahramonlarini yasash, kulolchilik san’ati asoslari
  • To'qimachilik: Ipdаn turli o'yinchoqlar, tugunlar yasash, to‘qish asoslari, ilgakda to‘qish, gazlamadan buyumlar tikish
  • Pazandachilik: Xamir turlari, xamirdan mahsulotlar tayyorlash, bezash
  • Konstruktorlik: Oddiy materiallardan modellar yasash (avtomobil, kema va hokazo)
  • Uy ro'zg'or buyumlari va ularga ishlov berish: Uy ro'zg'or buyumlari haqida ma'lumot berish va uy sharoitida jihozlarga ishlov berish