Умумий психология фанидан ўқув-услубий мажмуа

Ushbu o'quv-uslubiy majmua umumiy psixologiya fanining predmeti, tarmoqlari, ilmiy tadqiqot metodlari, psixika va ongning taraqqiyoti, shaxs va faoliyatning psixologik tavsifi, muloqot va nutq haqida ma'lumot, shaxsning hissiy, emocional va irodaviy xususiyatlari, shaxsning individual xususiyatlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni qamrab olgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy psixologiya - fan sifatida: Umumiy psixologiyaning ob'ekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologik bilimlarning oʻziga xos tomonlari. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
  • Psixika va ongning taraqqiyoti: Psixika haqida tushuncha, psixikaning orientirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik vazifasi. Psixik aks ettirish - ob'ektiv olamning sub'ektiv obrazi ekanligi. Bosh miya va psixika. Odam psixikasining paydo boʻlishi va uning taraqqiyoti.
  • Faoliyat: Faoliyat haqida tushuncha, faoliyatning psixologik tahlili. Faoliyatning tuzilishi, faoliyatning oʻziga xosligi, faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi. Faoliyatning oʻzlashtirilishi va malakalarni egallash. Faoliyatning asosiy turlari, oʻyin faoliyatining mazmuni, mehnat faoliyati mazmuni, talim faoliyati mazmuni. A.N.Leontev boyicha faoliyat tuzilishi. Faoliyat va motivlar.
  • Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi: Motivatsiya va emotsiya tushunchasining mazmuni, motivatsiya sohalari, Xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi. Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari, motiv muammosiga doir mulohazalar. Shaxs shakllanishida motivatsiyaning ahamiyati.
  • Muloqot: Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. Muloqot va uning koʻp maqomli xarakteri. Muloqot vazifalari. Muloqotning verbal vositalari, muloqotning noverbal vositalari, muloqot shaxslararo oʻzaro taʼsir etish sifatida, muloqot insonlarning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullari. Pedagogik faoliyatda muloqot, til va nutq tushunchalarining mazmuni, nutq va uning funksiyalari.
  • Shaxs: Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari. Shaxs faolligi tushunchalarining mazmuni. Shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar. Biogenetik nazariya va uning mohiyati, sotsiogenetik nazariyaning mazmun mohiyati, konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni. Shaxs faoliyati. Shaxsning malaka va odatlari. Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha. Shaxs borasida nazariyalar. Frustratsiya va shaxsning istiqbol rejalari. Konformizm. Dunyoqarash va e'tiqod.
  • Diqqat: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan soʻnggi diqqat. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va boʻlinishi, diqqat koʻlami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi.
  • Sezgi: Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar, analizator va uning tuzilishi, sezgi sohasidagi qonuniyatlar.
  • Idrok: Idrok haqida tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari. Idrokning murakkabligi. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik. Idrokning xossalari, idrokda ob'ekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.
  • Xotira: Xotira haqida tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xotira nazariyasi. Xotira turlari, faoliyatga koʻra xotira turlari, maqsadiga koʻra xotira turlari, muddatiga koʻra xotira turlari. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish. Xotira tiplari.
  • Xayol: Xayol haqida tushuncha. Xayol jarayonlari. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush koʻrish va shirin xayol. Xayol sifatlari, xayolning kengligi va torligi, xayolning chuqurligi va realligi, xayolning mazmundorligi va kuchi, fantaziya. Xayolning rivojlanishi.
  • Tafakkur: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha, tafakkur sifatlari, tafakkurning mazmundorligi, tafakkurning chuqurligi, tafakkurning kengligi, tafakkurning mustaqilligi, tafakkurning ixchamligi, tafakkurning tezligi, tafakkurning turlari. Shakliga koʻra tafakkur turlari, topshiriq xarakteriga koʻra tafakkur turlari, fikr yoyiqligiga koʻra tafakkur turlari, fikrning originallik darajasiga koʻra tafakkur turlari. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish.
  • Шахснинг ҳиссий эмоционал соҳаси: Ҳиссиёт ҳақида тушунча, ҳис-туйғуларнинг вазифалари, ҳиссий holatlarning nerv-fiziologik asoslari, insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar, hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari, yuksak hislar
  • Ирода: Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari, iroda borasidagi nazariyalar.Irodaviy akt va uning tuzilishi. Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaning individual xususiyatlari. Irodani tarbiyalash.
  • Темперамент: Temperament haqida tushuncha. Temperamentning rivojlanish tarixi. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. Temperament tiplari. Temperament xususiyatlari. Faoliyatning indvidual uslubi va temperament. Temperamentni tarbiyalash.
  • Характер: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari. Xarakter tipologiyasi, xarakter aksentuatsiyasi, xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. Xarakter borasidagi ta'limotlar. Xarakter va uning boshqa psixologik hodisalar bilan bog'liqligi;
  • Қobiliyat: Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyat va irsiyat. Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bo'lishi va tuzilishi. Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari. Qobiliyat borasidagi nazariyalar, qobiliyatlarning tabiiy asoslari. Qobiliyatlarning rivojlanishi.