El análisis literario y lingüístico de la literatura de la época del renacimiento.
Ushbu kitobda ispan tili va adabiyotining lingvistik tahlili, tarjima nazariyasi, metaforalar va ularning tarjimalari, shuningdek tarjima jarayonida madaniyatlararo aloqa va manipulyatsiya masalalari ko'rib chiqiladi. Unda filologiya, tarjima, adabiyotshunoslik, lingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya va ispan tili sohalaridagi tadqiqotlar va tushunchalar mujassamlashgan.
Asosiy mavzular
- Tarjima masalalari: Tarjimaning dolzarb muammolari, xatolarni tuzatish, ispan tiliga tarjima xususiyatlari, ispan va o'zbek tillarida qo'shma so'zlarni taqqoslash, pragmatika va metaforalar tahlili.
- Metaforalar tahlili: Yangi, leksikalashgan va o'lik metaforalarning xususiyatlari, metaforalarning adabiyot va tilshunoslikdagi roli, metaforalarni tahlil qilishning turli usullari (adekvatlik, moslik, koherentlik).
- Tarjima va Madaniyat: Tarjimaning madaniyatlararo aloqa va manipulyatsiya vositasi sifatidagi roli, tarjima jarayoniga ta'sir etuvchi omillar, turli madaniy kontekstlarda tarjima strategiyalari.
- Adabiy tahlil: Gafur G'ulom va Lorka asarlarining tahlili, adabiy asarlarda metaforalarning qo'llanilishi, she'riyatning lingvistik va adabiy xususiyatlari.