Texnika va texnologiya yangiliklari
Ushbu kitob to'qimachilik sanoati sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yigirish texnologiyasining asosiy jarayonlari va ularning takomillashuvi, yangi texnika va texnologiyalar, shuningdek, ip assortimentini kengaytirish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy ahamiyatga ega bo'lgan maslahatlar va tavsiyalar ham berilgan.
Asosiy mavzular
- Toʻqimachilik sanoatida yangi texnika va texnologiya: Toʻqimachilik sanoatining rivojlanish tendensiyalari, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar, investitsiyalar, diversifikatsiya, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati, mahsulot assortimenti, standartlar va sertifikatsiya masalalari.
- Yigirish yangiliklari: Yigirish texnologiyasining tayyorlash bosqichlaridagi yangiliklar, halqali va pnevmomexanik yigirish oʻtimlari yangiliklari, ipni qayta oʻrash oʻtimidagi yangiliklar.
- Tolalarni titishning yangi jihozlari: Tolalarni titish jarayoni, usullari va jihozlari. Titish uskunalarining yangiliklari. Avtotoytitkichlar. Uskunalarning afzallik va kamchiliklari.
- Tolalarni aralashtirishda yangi texnologik jihozlar: Tolalarni aralashtirish jarayoni, usullari va jihozlari. Aralashtirish uskunalarining yangiliklari. Aralashtirgich mashinalar va ularni qoʻllash samarasi. Aralashtirish jihozlarining afzalliklari va kamchiliklari.
- Titish-tozalash agregatlari va potok tizimlar: Universal titish-tozalash agregatlari klassifikatsiyasi, Tryuchler firmasi TTA lari, Riter firmasi TTA lari.
- Tolalarni tozalash. Mexanik tozalash texnologiyasi va texnikasi: Tolalarni tozalash jarayoni va usullari, Dastlabki tozalash mashinalari, Ogʻir jismlar va metallarni tozalash, Nafis tozalash mashinalari.
- Tolalarni aerodinamik tozalash texnologiyasi va texnikasi: Tolalarni aerodinamik tozalash jarayoni va usullari, Aerodinamik tozalash qurilmalari, Aerodinamik tozalash mashinalari, Rangli va rangsiz nuqsonlarni tozalash, Chiqindilarni markazlashgan holda toʻplash.
- Tarash jarayoni. Tarash zonalari va ularning qoplamalari: Tarash jarayonining maqsadi, mohiyati va usullari. Tarash mashinasining mahsuldorligiga ta'sir etuvchi omillar; Garnituraning tola sig'imdorligi afzalliklari va kamchiliklari; Mahsulotni tarashga tayyorlash afzalliklari Faol tarash zonasi xususiyatlari (kengaytirilganligi), FVK oshirilganligi.
- Yangi tarash mashinalarining imkoniyatlari: Dastlabki tarash zonasi yangiliklari; Asosiy tarash zonasining yangiliklari; Qoʻshimcha tarash zonalari xususiyatlari; Qoʻshimcha moslamalar va sensorlar qoʻllanishi; Tarash samarasi oʻzgarmasligini ta'minlash.
- Pilik tayyorlash texnikasi yangiliklari: Choʻzish jarayoni maqsadi, mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, Piltalash mashinasida pilta chiqish tezligining oshganligi va choʻzish asbobining yangiliklari «Voronka –taz» kanali tuzilishi, Katta hamdagi va toʻgʻrito'rtburchak tazlarning ishlatilish yangiliklari, SLIVER FOCUS tizimi.
- Qayta tarashga mahsulotni tayyorlash texnologiyasi: Qayta tarash tizimining yangiliklari, Qayta tarash mashinasining yangiliklari, Xolstchani almashtiruvchi ROBOlap avtotizimi, Xolstchalarni transportirovka qiluvchi SERVOtrolley tizimi.
- Pilik tayyorlash va piliklash mashinasi yangiliklari: Piliklash mashinasining turlari, Piliklash mashinasini takomillashtirish yoʻnalishlari. Pishitish va oʻrash jarayonlari yangiliklari
- Piliklash mashinasidagi konstruktiv yangiliklar: Piliklash mashinasining konstruktiv yangiliklari, Toʻlgan g'altaklarni chiqarish va boʻsh g'altaklarni oʻrnatish, Yarim mahsulotlarni tashish va ta'minlash tizimlari.
- Yigirish mashinasinining yangiliklari: Yigirish jarayoni maqsadi, mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, Yigirish mashinasining turlari, Yigirish mashinasining tuzulishi va ishlashining xususiyatlari
- Halqali yigirish jarayonlarini amalga oshirishdagi takomillashuvlar: Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta'minlash, Halqali yigirish mashinalarida oʻrash jarayoni yangiliklari, Halqali yigirish mashinasida s'yom yangiliklari
- Pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashuvi: Urchuqsiz yigirish usullari va pnevmomexanik yigirish mashinasining oddiy sxemasi, Turli rusumdagi pnevmomexanik yigirish mashinalari texnologik yangiliklari
- Pnevmomexanik yigirish jihozlari va ularning yangiliklari: Pnevmomexanik yigirish mashinasining yangi texnikaviy imkoniyatlari qiyosiy tahlili; Pnevmomexanik yigirish mashinasida texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat etish
- Iplarni pishitishga tayyorlash texnologiyasi yangiliklari: Iplarni pishitishga tayyorlashning maqsadi va mohiyati; Iplarni pishitishga tayyorlash uslublari, ularning afzalliklari va kamchiliklari; Qayta oʻrash uskunalarining yangiliklari Qo'shib oʻrash uskunalari yangiliklari.
- Toʻqimachilik iplarining assortimentini kengaytirishdagi yangiliklar: Urchuqli yigirish mashinasida shakllanadigan ipning yangi turlari; Kompakt ip yigirish usullari va mashinalari; Mexanik kompakt ip yigirish qurilmasi; Kompakt iplarning xossa koʻrsatkichlarini qiyoslash; Vortex ipining shakllanish prinsipi.