Жоқары математика тийкарлары
Ushbu to'plamda matematikaning turli sohalariga oid ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u talabalarga oliy matematika kursining asosiy tushunchalari va usullarini o'zlashtirishda yordam beradi. To'plamda chiziqli algebra elementlaridan tortib, integral hisobning murakkab usullarigacha bo'lgan materiallar qamrab olingan. Har bir mavzu nazariy ma'lumotlar, misollar va amaliyot masalalari bilan to'ldirilgan.
Asosiy mavzular
- Kompleks sonlar: Kompleks sonlar algebraik shakli, geometrik tasviri va ular ustida amallar.
- Determinantlar: Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar, ularning xossalari va hisoblash usullari. Siziqli tenglamalar sistemasini Kramer qoidasi asosida yechish.
- Vektorlar: Vektorlar ustida chiziqli amallar, vektorlarning kollinearligi va komplanarligi. Fazodagi tekislik va to'g'ri chiziqlar tenglamalari.
- Funktsiya limiti: Funktsiya limiti tushunchasi, limitlar haqidagi teoremalar. Ajoyib limitlar. Funksiyaning uzluksizligi.
- Differensial hisob: Hosilaning ta'rifi, uning geometrik va mexanik ma'nolari. Murakkab va teskari funksiyalarning hosilalari. Yuqori tartibli hosilalar va differensiallar.
- Integral hisob: Aniqmas integral, uning xossalari va hisoblash usullari. Aniq integral, uning geometrik va iqtisodiy ma'nolari. Nyuton-Leybnits formulasi.