Интерьер ва жиҳозлаш

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent Arxitektura Qurilish instituti uchun “Arxitektura va loyihalash” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan “Interer va jihozlash” fanidan o'quv-uslubiy majmuadir. Majmua arxitektura yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, binolar va inshootlar interyerlarini loyihalash va tashkil etishning nazariy jihatlarini tushuntirib beradi va interyerlarni loyihalashga kompleks yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Intererning shakllanish jarayonlari: Ushbu mavzu xonalarning intererini o'rganishda inson hayoti va faoliyati o'tadigan muhitning tashkil etilishi va uning rivojlanishini xarakterli jihatlarini tushunib olish arxitektorlar uchun g'oyat foydalidir. Ilk davrlarda insonlar o'z hayotini tabiiy kengliklarda kechira boshlaganlar. Insonlar hayoti davomida tabiiy iqlim va tabiat ularga o'z ta'sir kuchini o'tkazishni sezganlar. Ular yirtqich hayvonlardan va tabiiy iqlim sharoitlarining noxush holatlaridan himoya qilish uchun o'zi uchun tashqi muhitdan izolyatsiyalangan kenglikni yaratishdan iborat bo'lgan.
  • Interer muhitini tashkil etishning asosiy faktorlari: Ichki fazoviy kenglikni tashkil etish masalalari va interyerning shakllanishini tugallangan arxitekturaвий kompozitsiya sifatida qator talablardan ajratish mumkin emas, chunki shu talablarning bajarilishi evazigina bu kenglik vujudga keltiriladi. Katta mablag' va ko'p hajmli inson mehnatini talab qiladigan qurilish sohasi hamisha ma'lum maqsadlarni oldindan ko'zda tutadi. Oila hayoti kechadigan turar joy, yosh avlod shakllanadigan dargoh maktab, xordiq chiqarish va madaniyat maskani bo'lgan teatr va klub va nihoyat mehnat qilish joyi bo'lgan sanoat binolari har safar alohida kenglikning yaratilishini talab etadi.
  • Jaomat binolari interyeri: Jaomat binolari va uning majmualari sun'iy yaratilgan muhit bo'lib, bir yoki bir necha jarayonlar o'zaro bog'liq bo'lgan insonning hayotiy faoliyatini o'tkazishga mo'ljallangan. Jaomat bino va inshootlarining eng asosiy omili uning hajmiy rejalashtirilishi asosini insonning hayotiy faoliyati davomida jamiyatga xizmat qilishiga erishishdan iborat.