Sanoat - gigiyenasi fanidan ma’ruzalar to’plami

Ushbu kitob sanoat gigiyenasi fanidan ma'ruzalar to'plami bo'lib, unda sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini gigienik baholash, xavfli omillar va ularni bartaraf etish usullari, xodimlar salomatligini muhofaza qilish choralari kabi masalalar yoritilgan. Kitob, shuningdek, farmatsevtika korxonalarini loyihalashtirish, qurilish, ekspluatatsiya qilish va xodimlarning gigienik talablariga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Sanoat gigiyenasining maqsadi va vazifalari: Sanoat gigiyenasining maqsadi va vazifalari, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar, to'g'ri ishlab chiqarish qoidalari (GMP).
  • Sanoat - gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi: Gigiyena fanining rivojlanish bosqichlari, fanga hissa qo'shgan olimlar va O'zbekistonda gigiyena fanining rivojlanish tarixi.
  • Kasb kasalliklari tavsifi va profilaktikasi: Kasb kasalliklarining me'yoriy asoslari, tasnifi va ularni oldini olish bo'yicha profilaktik tibbiy tadbirlar.
  • Farmatsevtik korxonalarni loyihalashtirish va qurish: Farmatsevtik korxonalarni loyixalashtirilishiga,qurilishiga qo'yilgan gigienik talablar, toza zona loyihasini ishlab chiqishdagi talablar va toza zona qurilishiga qo'yilgan talablar.
  • Ventilyasiya va yoritish gigiyenasi: Farmatsevtika korxonalarining ventilyasiyasiga va yoritilganligiga qo'yiladigan gigiyenik talablar, ventilyatsiya turlari va tizimlari.
  • Atmosfera havosi va mikroiqlim: Kimyo – farmatsevtika korxonalarida atmosfera havosining gigienik ahamiyati, tuproqning gigiyenik axamiyati, atmosfera bosimi, harorat, namlik va aerozollar.
  • Sanoat gigiyenasi: Radiatsion gigiyena asoslari va radiofarmatsevtik dori vositalarini ishlab chiqarishdagi mexnat gigyenasi.
  • Mehnat gigiyenasi: Kimyo farmatsevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigienasi va sog'lom turmush tarzi.
  • Ovqatdan zaharlanishlar: Ovqatdan zaharlanishlar va ularni oldini olish tadbirlari, mikroblarga va mikroblarga taaluqli boʻlmagan zaharlanishlar.